Sayfi qudash
Sayfi qudash (taxallusi; asl ism-sharifi Qudashev Sayfi Fattaxovich) [1894.21.9 (3.10) Boshqirdiston Respublikasi, Chishma tumani Klyashevo qishlogʻi —1994] — Boshqirdiston xalq shoiri (1964). Ufadagi "Oliya" madrasasida tahsil kurgan. Soʻng Qozogʻistonda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ijodi 1913-yildan boshlangan. Dastlabki sheʼrlarida boshqird xalqi chekkan azobuqubatlar tufayli mustamlakachilarning zulm va zoʻravonligiga qarshi norozilik ("Men yashagan muhit", "Dunyo", "Kachon tugaydi?" va boshqalar), haqsizhuquqsiz xotin-qizlar qismatiga xayrixohlik ("Salima", "Bechora Muslima" va boshqalar) ohanglari oʻz ifodasini topgan. "Ozodlik qoʻshigʻi" (1917), "Omoch qoʻshigʻi" (1926), "Kurash qahramoni" (1928), "Respublika kuylaydi" (1940), "Chin qalbdan" (1944), "Sevgim" (1956), "Yaproqlar toʻkilganda" (1960), "Mening bogʻchamda" (1964), "Sheʼrlar" (1974) singari hayotsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan sheʼriy toʻplamlar, boshqird xalqining sovet davridagi hayotini tasvirlashga bagʻishlangan "Chamanzorda" nida" (1920), "Xat" (1930) dostonlari, "Qoʻshqayin" (1936) sheʼriy romani va "Yoshlik izidan" (1964) xotiralar kitobi muallifi. "Bahorni qarshilaganda" tarixiy biografik qissasi (1954) A. Toʻqay va M. Gʻafuriyning doʻstligi tarixiga bagʻishlangan. "Xotirga kelgan daqiqalar" kitobi (1957) ushbu qissaning davomi boʻlib, undan Boshqirdiston, Tatariston va Qozogʻistonning 1910—30 yillardagi adabiy hayotiga oid xotiralar oʻrin olgan. S Q. Gʻafur Gʻulom kabi oʻzbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ayrim sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |