Sayil
Sayil — yilning maʼlum fasllarida oʻtkaziladigan sayillar, sayrtomoshalar. S.lar odatda Navroʻz va diniy bayramlar (Roʻza va Qurbon hayitlari)da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor kishilar tomonidan tashkil etilgan. S shaharlarda, registon maydonlarida, chorsu va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda, shuningdek, qadamjolarda oʻtkazilib, bir ikki hafta davom etgan. Sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan, mevacheva, attorlik, baqqollik doʻkonlari ochilgan. Poyga, uloq, koʻpkari, kurash, chavgon musobaqalari, darvoz, hofiz, sozanda, raqqos, masharaboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon oʻyinlari, tuya, qoʻchqor, xoʻroz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng xalq S.lari mazmunan oʻzgarib, koʻproq milliy tus oldi. Umumxalq bayramlari: Mustaqillik kuni, Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunlarida S.lar uyushtirilmoqda. Bahorda oʻtkaziladigan Navroʻz sayli, sumalak sayli, gul sayli, boychechak sayli, chuchmoma sayli, tut sayli, yozning boshida suv sayli, oʻrik sayli, olma sayli, kuz faslida qovun sayli, uzum sayli va boshqa S.lar mavjud.
Adabiyot
tahrir- Qoraboye v U., Oʻzbek xalqi bayramlari, T., 2002.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |