Sayyid Poband maqbarasi
Sayyid Poband maqbarasi (Said Poybandikusho maqbarasi) — Buxoro shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. (XVII asr). Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Sayyid Poband maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Sayyid Poband maqbarasi Said Poybandikusho maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | majmua |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVII asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Tarixi
tahrirMaqbara Buxoro Shahristoning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Sayyid Poband yaʼni oyoqlariga zanjir urilgan sayyidzoda, Sayyid Bandkusho (Zanjirlari oʻz-oʻzidan yechilib ketadigan sayyidzoda) kichik bir xilxonadadir. XVI asrda bunyod etilgan mahalla masjidi ham Hazrati Sayyid Bandkushoyi deb atalgan. Sayyid Poband maqbarasi umumiy maydoni 68 m. kv. boʻlib, choʻpkori devor bilan oʻrab olingan, hovlida asosiy maqbara joylashgan va qadamjo ustiga tugʻ koʻtarilgan. Maqbara peshtoqi pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, uch tamondan mahalliy aholi uy-joylari bilan oʻralgan. Hovlida sagʻana joylashgan boʻlib, bu yerda qadimda mahallada yashagan degrezlar yaʼni qozon quyuvchilar, avliyoning avlodlari qabri mavjud. Maqbara sharqiy tomonida sagʻana joylashgan va uning yonida chirogʻdon (shamlar uchun moslama) oʻrin olgan. Shamdonning quyi qismida XIII—XIV asrlarga oid oʻymakkori qabr toshi fragmetni mavjud. Sayyid Poband maqbarasida 2000-yilda taʼmirlash ishlari olib borilgan[1]. Maqbaradagi sharqiy devorda chirogʻdoning quyi qismida moviy rangda qabr tosh parchalari saqlangan. Mazkur qabr toshning bir qismi saqlanib qolgan va unda marhumning bagʻishlovnomasi saqlanib qolgan. Qabr toshi gʻubor uslibida yozilgan, bitikning xati aniq oʻqilsada, qoʻpol ravishda yozilgan. Uslub bezatishlariga koʻra ushbu bitik Buxorodagi XIV asr oʻrtalarida qurilgan Bayonqulixon maqbarasi matnlariga ancha yaqin. Sagʻanadagi ushbu parchada makon toʻgʻrisidagi maʼlumot mavhum turibdi va unin shaxsiyati kim ekanligini oʻqish mushkul[2]. Sayyid Poband maqbarasi hozirgi kunda oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Sayyid Poband toʻgʻrisida rivoyat
tahrirSayyid Abulhasan al-Hamadoniy bir kuni Buxoro hukmdori gʻazabiga uchrabdi va uni qamoqqa olishibdi. Oʻlimidan oldin u azob chekkanligi sababli uni oʻz uyida oyoqlaridagi kishanlar bilan dafn etishlarini soʻrabdi, biroq 20 yildan soʻng uning suyaklari boshqa joyga koʻchirilibdi. Uning karomatlari haqida ham turli rivoyatlar bor[3]. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra, zindonda namoz paytida uning kishanlari birdaniga yechilib ketibdi, u hech qanday qiyinchiliklarsiz namozni oʻqigan va namozdan keyin kishanband holga kelib qolgan ekan. Buxoro hukmdori buni tushida koʻribdi va darhol uni hibsdan ozod qilibdi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 263.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 366.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 363.
- ↑ Cухарева 1976, s. 208-210.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары (в связи с историей кварталов). Москва: Наука, 1976 — 370-bet.
- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Раззоқов А, Раҳимов К, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро. Тошкент: Uzbekistan Today, 2016 — 560-bet. ISBN 978-9943-4510-5-6.