Sayyora Qoziyeva
Sayyora Qoziyeva — 1962-yil 25-iyul Oʻzbekiston, Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topdi.Yoshligidan boshlatb qoʻshiq kuylashga qiziqishi Boysun tumanidagi avvalgi „Shalola“, hozirgi „Boysun“ xalq ansamblida 1995-yilgacha faoliyat yuritishigacha olib boradi[1]. 1995-yildan boshlab Toshkenda Oʻzbeknavo birlashmasida faoliyat yuritib kelmoqdama. 1990-yili Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlari mukofoti laureati. 1992-yil "O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazavor boʻlgan. Sayyora Qoziyeva oʻzbek folklor qoʻshiqlarini zamonaviy Estrada janriga solib kuylab kelmoqda. Ijodi davomida oʻzbek, tojik, eron, afgʻon, turk, ozarbayjon, arab, rus, qozoq tillarida qo'shiqlar kuylab kelmoqda. Shu kungacha 30 dan ortiq musiqiy albom, 40 dan ortiq klip, 400 dan ortiq qo'shiqlar kuyladi. Ulardan “Yoshligim”, “Bolaligim”, “Sadka”, “Xa yor-yor”, “Kuydirma”, “Xonum Bandari”, “Seni-seni”, “Yetar-yetar”, “Ovvora bulma”, “Uzbekchasiga uyna”, “Shoshma–shoshma”, “Oshiklar”, “Shaydo-shaydo”, “Lolacha”, “Yomgir” kabilari muhlislari qalbidan o'chmas iz qoldirdi[2].Xonanada o'z san'atini bir qator horijiy yurtlarda ham namoyish qilib kelmoqda. Jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Turkiya, Afg'oniston kabi davlatlarda gastrol safarlarida bo'ldi.
Sayyora Qoziyeva | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Tavallud topgan sanasi va joyi | 25-avgust 1962-yil Surxandaryo viloyati, Boysun tumani | |
Yo'nalishi | Estrada | |
Kasbi | qoʻshiqchi | |
Faoliyat yillari | 1995-yildan — hozirgacha |
Manbalar
tahrir- ↑ „SAYYORA QOZIYEVA“. muz. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ „https://peoplenews.uz/pevicza-sajyora-kozieva-rasskazala-o-tom-kak-vliyatelnye-lyudi-razrushayut-karery-artistov-video“ (O'zbekcha). peoplenews (7-iyun 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.