Sayyora Rashidova

kimyogar olima, akademik

Sayyora Sharofovna Rashidova (1943.2.8, Jizzax) – kimyogar olima. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Sharof Rashidovning qizi. Moskva universitetini tugatgan (1965). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972—1979), polimerlar kimyosi boʻlimi rahbari (1979—1981). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981-yildan).

Rashidova Sayyora Sharafovna
Tavalludi 2-avgust 1943-yil (1943-08-02) (81 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Otasi Sharof Rashidov
Mukofotlari

Asosiy ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi – polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid. R. rahbarligida yoʻnaltirilgan kimyoviy modifikatsiyali biologik faol polimerlar, dorivor preparatlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni tanlashning nazariy asoslari, qishloq xoʻjaligi ekinlari (gʻoʻza, sholi, qand lavlagi va boshqalar) uruglarini ekishga tayyorlashda biologik faol polimerlarni qoʻllab kapsulalashning ekologik zararsiz texnologiyalari ishlab chiqildi. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (1995—2015). „Doʻstlik“ (1999), „El-yurt hurmati“ (2003) ordenlari bilan mukofotlangan[1].

Tarjimai holi

tahrir

Sayyora Sharafovna Rashidova 1943-yil 2-avgustda OʻzSSR Jizzax shahrida Oʻzbekistonning atoqli davlat arbobi va yozuvchisi Sharof Rashidov oilasida tugʻilgan.

1960-yilda Toshkent shahridagi 43-sonli oʻrta maktabni tugatgach, Moskva davlat universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni tamomlagach, SSR Fanlar akademiyasi A. V. Topchiyev nomidagi Neft-kimyo sintezi institutida ilmiy stajyor lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Kimyo institutining kunduzgi boʻlimida aspiranturada oʻqigan, 1971-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng Kimyo institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ish boshlagan. 1979-yildan polimerlar kimyosi kafedrasi mudiri, 1981-yildan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori.

Hozirda S. Sh. Rashidova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor boʻlib, 20 dan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlagan, 300 ga yaqin ilmiy nashrlari, bir qator monografiyalari hamda 20 ta mualliflik guvohnomalari mavjud.

„Olima“ olima ayollar uyushmasi prezidenti sifatida respublika jamoat hayotida faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi (1995—1999) va ikkinchi (2000—2004) chaqiriqlarida deputat etib saylangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi chaqiriq sessiyasida S.Rashidova Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman) etib saylandi. U bu lavozimda oʻn yil xizmat qildi[2].

S. Sh. Rashidova inson huquqlari boʻyicha koʻplab xalqaro forumlarda faol ishtirok etadi. Inson huquqlari sohasida 100 dan ortiq nashrlari bor; „Jahon Ombudsmanlari“, „Oʻzbekistondagi Ombudsman“, „Inson huquqlari monitoringi“, „Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish“ kabi qator toʻplamlar muallifi va mas’ul muharriri. Bir qator jurnallar – „Demokratlashtirish va inson huquqlari“, „Jamoatchilik fikri. Inson huquqlari“ va boshqalarda tahririyat aʼzosi.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Новым омбудсманом избран Улугбек Мухаммадиев“. Газета.uz (2015-yil 16-may). 2019-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 4 mart 1993 года № УП-576 «О награждении особо отличившихся женщин республики
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1999 года № УП-2379 «О награждении группы государственных служащих, работников производства и социально-экономической сферы в связи с восьмилетием независимости Республики Узбекистан
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 2003 года № УП-3300 «О награждении в связи с двенадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы государственных служащих, работников производственной и социально-экономической сферы после этого она продолжила свой труд и достигла новых успехов и орденов

Havolalar

tahrir