Sazagʻonsoy
Sazagʻonsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasi shim. yon bagʻridan, Oʻrtabel dovoni (bal. 1780 m) yonidagi buloqdan boshlanadi. Uzunligi 27 km, havzasining maydoni 32,8 km². Yuqori qismida daryo va uning koʻp sonli irmoqlari quriydi. Boshlanishidan 9 km oʻtgach (Sazagʻon qishlogʻi yonida), suvi asosan, sugʻorishga sarflanadi. Faqatgina sersuv yillarda daryo suvi quyilish joyi Eski Anhor kanaliga yetib boradi. Krryomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Sazagʻon qishlogʻi yonida 0,381m³/sek., oʻrtachaoqim moduli 14,2 l/sek.km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,830 m³/sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,068 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Yogʻin koʻp boʻlgan davrda (mart—may oylarida) daryodan sel keladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |