Scarlet Witch (Wanda Maximoff (talaffuzi: Vanda Maksimoff)) Marvel komikslaridagi xayoliy qahramondir. Personajni yozuvchi Stan Lee va rassom Jack Kirby yaratishgan. Bu personaj ilk marotaba Komikslar kumush asrida, The X-Men #4 (1964-yil mart oyi) komiksida uchraydi. Ushbu qahramon dastlab egizak ukasi Quicksilver bilan birga Brotherhood of Mutants (Mutantlar birodarligi) ning asoschisi sanalmish superyovuz sifatida tasvirlangan. Scarlet Witch haqiqatni nomaʼlum tarzda oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlgan kuchli sehrgardir. Scarlet Witch personaji keyinchalik Qasoskorlar superqahramonlar jamoasining doimiy aʼzosi sifatida aks etgan. Bundan tashqari, u boshqa superqahramon va jamoadoshi — Visionning rafiqasi boʻlib, ularning Thomas va William ismli ikki farzandi mavjuddir.

Scarlet Witch

Rassom Frank Cho
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot Marvel Comics
Debyut The X-Men #4 (1964-yil mart)
Muallif(lar) Stan Lee
Jack Kirby
Qahramon haqida maʼlumot
Taxallus(lar)i Wanda Frank
Turi inson—mutant
Tavallud joyi Transia
Qobilyatlari
  • Ilmiy jihatdan takomillashtirilgan sehrli qobiliyatlar[1]
  • Haqiqatni bilish[2]
  • Ehtimollar bilan manipulyatsiya
  • Teleportatsiya[3]
  • Vaqt manipulatyatsiyasi[4]
  • Energiya va materiya manipulyatsiyasi[5]
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot
Ittifoqchilari

Wanda Maximoff/Scarlet Witch personajini Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel kinematografiya koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Elizabeth Olsen jonlantirgan.

Manbalar tahrir

Bibliografiya tahrir

Havolalar tahrir