Scott Fitzgerald Kennedy (talaffuzi: Skott Fitsjerald Kennedi;1997-yil 31-martda tugʻilgan) — kanadalik professional futbolchi, oʻyinda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Bundesliga klubi SSV Jan Regensburg va Kanada terma jamoasi aʼzosi.

Scott Kennedy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Scott Fitzgerald Kennedy
Tavallud sanasi 31-mart 1997-yil (1997-03-31) (27 yosh)
Tavallud joyi Calgary, Alberta, Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jahn Regensburg
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Calgary West
Calgary Chinooks
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 SBC Traunstein 31 (2)
2016—2017 FC Amberg 11 (1)
2017—2018 SV Grödig 24 (4)
2018—2020 Austria Klagenfurt 38 (3)
2020- Jahn Regensburg 58 (2)
Milliy terma jamoa
2021-hozirga qadar Kanada 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Scott Kennedy 18 yoshida Germaniyaga koʻchib oʻtgan. 2015-yilda SBC Traunstein, keyinroq esa 2016-yilda FC Amberg bilan shartnoma imzolagan[1]. Scott Kennedy 2017-yil iyun oyida Avstriyaga koʻchib oʻtadi va Avstriyaning SV Grödig klubiga qoʻshildi[2]. Scott Kennedy 2018-yil iyul oyida Avstriyaning Klagenfurt klubi bilan shartnoma ham imzolagan[3].

Jahn Regensburg tahrir

2020-yil avgust oyida Scott Kennedy Bundesliga jamoasi Yan Regensburg bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[4]. Kennedy ushbu jamoasi safida birinchi mavsumda juda yaxshi oʻyin koʻrsatgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

2021-yil 26-may kuni Jahn Regensburg Scott Kennedyning 2022-yilgi FIFA erkaklar Jahon chempionati saralash bosqichidagi oʻyinlari uchun Kanadaga chaqirilganini tasdiqladi[6][7]. Scott Kennedy Kanada erkaklar milliy futbol terma jamoasidagi debyutini 8-iyun kuni Surinamega qarshi oʻyinda oʻtkazdi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi hamda jamoa 4:0 hisobida gʻalaba qozondi[8]. 18-iyun kuni Kennedy 2021-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi uchun 60 kishilik dastlabki tarkibga kiritildi[9]. 1-iyul kuni Scott Kennedy yakuniy tarkibga kiritildi[10]. 10-iyul kuni Scott Kennedy tibbiy sabablarga koʻra tarkibda Frenk Sturingga almashtirildi[11].

2022-yil oktabr oyi oxirida Kennedy liga oʻyinida yelkasidan jarohat oldi va uning murabbiyi Mersad Selimbegovich uni „bir necha oy“ga safdan chiqishini tasdiqladi va uni 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati tarkibiga kiritilmasligini aytdi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Jami
Yil Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
SBC Traunstein Landesliga Bavariya — Sudost 2015-16 31 2 0 0 31 2
FC Amberg Bavariya 2016-17 11 1 2 0 13 1
SV Grödig Gʻarbiy Avstriya mintaqaviy ligasi 2017-18 24 4 2 0 26 4
Avstriya Klagenfurt 2. Liga 2018-19 29 3 2 0 31 3
2019-20 9 0 0 0 9 0
Jami 38 3 2 0 40 3
Jahn Regensburg 2. Bundesliga 2020-21 22 0 3 1 25 1
2021-22 23 2 1 0 24 2
2022-23 12 0 1 0 13 0
Jami 58 2 5 1 63 3
Umumiy 162 12 11 1 173 13

Xalqaro maydonda tahrir

Milliy terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinishi hamda gollari
Milliy terma jamoa Yil Gollar
Kanada
2021 5
2022 3
Jami 8

Manbalar tahrir

  1. Rowe. „Scott Kennedy On Life As A Canadian In Europe & The Austrian Leagues“. World Football Index (6-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  2. „Roman Wallner zurück beim SV Grödig“ (olmoncha). ligaportal.at (2018-yil 7-iyun). Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  3. Schmid. „Neuzugang vom SV Grödig“ (olmoncha). 5min.at (11-iyul 2018-yil). 22-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  4. „Innenverteidiger Scott Kennedy verstärkt die Jahnelf“ (olmoncha). Regensburger Nachrichten (18-avgust 2020-yil). Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  5. „Gladbach, Leipzig, Wolfsburg progress in German Cup“. TSN (3-fevral 2021-yil). Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  6. Roßmann. „Kennedy spielt für Kanada“ (olmoncha). SSV Jahn Regensburg (26-may 2021-yil). 22-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  7. Galindo. „Canadians Abroad mailbag: Who boosted their national team stock?“. Sportsnet (1-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 20-fevral 2021-yil.
  8. „Canada defeat Suriname 4:0 to advance to the Second Round of FIFA World Cup Qatar 2022™ Qualifying“. canadasoccer.com (2021-yil 8-iyun). Qaraldi: 10-iyun 2021-yil.
  9. „Davies, David highlight Canada's preliminary roster for Gold Cup“ (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  10. „Canada Soccer announces 2021 Concacaf Gold Cup roster“. canadasoccer.com (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  11. „Canada kicks off group phase at the 2021 Concacaf Gold Cup“. canadasoccer.com. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
  12. Khoury. „Scott Kennedy to miss World Cup due to shoulder injury“. Waking the Red (31-oktabr 2022-yil). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.