Asr
(Seculodan yoʻnaltirildi)
Asr (arab. – davr, vaqt):
1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oraligʻi; masalan, 1901-yil 1-yanvardan 2000-yil 31-dekabrgacha davrni oʻz ichiga oladi; yuz tropik yil; 36524, 2199 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng;
2) geologik davrning bir qismini oʻz ichiga olgan vaqt. A. ichida bir yarusning barcha togʻ jinslari paydo boʻladi. Geoxronologiya jadvalida A. eng kichik qism (vaqt) hisoblanib, bir A. bir yarusga toʻgʻri keladi;
3) kun (Quyosh) botishi chogʻidan 1–2 soatcha oldingi payt va shu paytda oʻqiladigan namoz. A. namozining muddati – kun botishidan 2 soat ilgaridan to kun botgungachadir (yana qarang Asr namozi)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |