Sedimentatsiya
Sedimentatsiya (lot. sedimentum. — choʻkish) — dispers faza zarralari (qattiq donacha, suyuklik tomchisi, gaz pufakchalari)ning suyuq yoki gazsimon dispers muxitda gravitatsion maydon yoki markazdan qochma kuch maydonida choʻkishi yoki yuzaga suzib chiqishi. Agar zarralarning yoʻnalgan harakati ogʻirlik kuchi yoki markazdan qochma kuch taʼsirida zarralarning tartibsiz (xaotik) issiklik harakatidan ustun kelsa, S. sodir boʻladi (qarang Broun harakati, Diffuziya). S. tezligi zarraning massasi, oʻlchami va shakliga, muhitning qovushokligi va zichligiga, shuningdek, maydon kuchining zarraga taʼsiridan yuzaga keluvchi kuchlanishga boglik. Bir-biri bilan oʻzaro taʼsirlashmaydigan mayda sferik zarralar S.si Stoke formulasi boʻyicha aniqlanadi. Tabiatda S. choʻkindi togʻ jinslari hosil boʻlishiga, havzalardagi suvning tinishiga, atmosferadagi suyuq tomchi va qattiq zarralarning ajralishiga olib keladi. Sedimentatsiyada S. kukunlarni fraksiyalarga ajratishda, kimyo-texnologiyada turli mahsulotlarni choʻkma holida ajratib olishda qoʻllanadi. S. sanoatda foydali qazilmalarni boyitishda, kimyo va neft-kimyo texnologiyasi mahsulotlarini ajratishda, suvni tozalashda va boshqalarda ishlatiladi. S. sentrifugalash, ultratsentrifugalash, sedimentatsion analizda keng qoʻllanadi (yana qarang Tindirish, Sedimentatsion analiz).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |