Sedimentogenez
Sedimentogenez (lot. sedimentum — choʻkish va ... genez) — keng tarkalgan tabiiy jarayon, tabiiy sharoitda barcha turdagi choʻkindilarning harakatlanish yoki muallaq holatidan (suv va havo muhitida) harakatsizlik holatiga oʻtishi. Choʻkindilar koʻpincha quruklik yuzasida, daryo, dengiz, okeanlarda tashqaridan olib kelingan tayyor terrigen (allotigen) materiallar hamda turgʻun va oquvchi (togʻ yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi daryolar, soylar) suv havzalarida biogen va xemogen yoʻl bilan choʻkkan baʼzi (odatda, qiyin eruvchan) birikmalar hisobiga shakllanadi. Baʼzi tadqiqotchilar (N.B. Vassoyevich, 1957, 1962) S. deganda, choʻkmani suv havzasining tubiga tushishidan boshlab to diagenez bosqichigacha, yaʼni suv havzalarida muhit va suv oraligʻida hech qanday kimyoviy qaramaqarshilikka uchramaydigan lahzasigacha boʻlgan jarayonni tushinadi. Rus geologi N. M. Straxov (1953,1960) S. tushunchasiga choʻkmaning rivojlanish davrini ham kiritadi. MDH davlatlarida choʻkindi togʻ jinslari haqidagi fan "litologiya", boshqa davlatlarda esa "sedimentologiya" deb ataladi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |