Sehrgarlik (jodugarlik) — xalq eʼtiqodiga koʻra, ayrim odamlarning ziyon yetkazish yoki undan xalos etish, kasalliklarni tuzatish borasidagi moʻʼjizaviy qobiliyati. S.ning paydo boʻlishi ibtidoiy din shakllari — animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sigʻinish va boshqa bilan bogʻliq. S.ka ishonish deyarli hamma xalqlarga xos. Etnograflar fikricha, ziyon yetkazadigan S.ning ijtimoiy asosi qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro dushmanlikdan kelib chiqqan. Boshqa qabila kishisiga kasallik, oʻlim tilab afsun oʻqish, yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishning manbalaridan biri boʻlgan. S.ga ishonish buddizm, xristianlik, islom dinida va boshqa dinlarda sakdanib qolgan, qisman ular bilan aralashib ketgan. Oʻrta asrlarda Yevropada xristian cherkovida S — iblis xatti-harakatidir degan qarash mavjud boʻlgan. Cherkov va dunyoviy hokimiyat S.da shubha qilingan barcha kishilarni qattiq taʼqib etgan. Islomda S. bilan shugʻullanish ogʻir gunoh hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil