Sekretlar
Sekretlar (lot. secretus — ajratilgan) — bez hujayralari ishlab chiqaradigan va ajratadigan modda. Fiziologik ahamiyatiga koʻra, sekretsiya mahsulotlari inkretlar (gormon) va ekskretlarga boʻlinadi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, koʻpchilik S. oqsil (meʼdaichak yoʻlidagi va meʼda osti bezi fermentlari), polipeptid (mas, gipofiz gormonlari), steroid (jinsiy va buyrak usti bezi gormonlari) boʻlishi mumkin. Shuningdek, S. tarkibiga noorganik birikmalar (meʼda bezlari ishlab chiqaradigan xlorid kislota tuzlari va hokazo) ham kiradi. S.lar nordon va kislotali reaksiyaga ega boʻladi. Organizmning normal hayot faoliyati uchun S. muhim ahamiyatga ega. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |