Sekretsiyalar
Sekretsiyalar (lot. secretio — bulinish) (geologiyada) — togʻ jinslaridagi bushliklarning kristall va kolloid moddalar bilan toʻlishi natijasida hosil boʻladigan mineral agregatlar. Alohida qavatlari rangi va tarkibiga koʻra birbiridan farq qiladi. Odatda, S. uchun mineral moddalarning boʻshliqlar devorlaridan markazga tomon konsentrik kavatlanish ketma-ketligi xos. Bunda druzalar hosil boʻladi. Baʼzan S. oʻrtasida turli minerallardan hosil boʻlgan kovak qoladi. Diametri 10 mm gacha boʻlgan S. bodomtoshlar, undan kattalari jeodalar deyiladi. Asosan, S. gidrotermal yoki gipergen jarayonlarda xreil boʻladi. Sdan koʻpincha muzeylar uchun yuqori baholi kolleksiya sifatida foydalaniladi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |