Seminariya
Seminariya — oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining bir turi. 16-asrning 2-yarmidan Gʻarbiy Yevropaning qator mamlakatlarida diniy oʻquv yurtlarini S. deb atay boshladilar. 17-asrda Gʻarbiy Yevropada oʻqituvchilar tayyorlovchi S.lar tashkil etilgan (1684-yil Fransiyaning Reyms shahrida, 1695-yil Germaniyaning Galle shahrida). S 19-asrning 1-yarmida shveysariyalik pedagog I.G. Pestalotssi gʻoyasi asosida rivojlandi. 1917-yil gacha Rossiya va Ukrainada boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan pedagogika oʻquv yurtlari oʻqituvchilar S.si deb atalgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |