Sendast [ing. sendust (Yaponiyadagi Senday shahri nomidan) va dust — chang, kukun] — temir asosidagi qotishma. Eng optimal tarkibi: 85% Gʻe (temir), 9,6% Si (kremniy), 5,4% A1 (alyuminiy). S.ning magnit oʻtkazuvchanligi, elektr karshiligi va mexanik mustahkamligi yuqori, lekin moʻrt boʻladi, osongina kukunga aylanib ketishi mumkin. S. radiotexnikada, magnit kallaklar va transformatorlarning oʻzaklarini yasashda ishlatiladi. Baʼzan alsifer deb ham ataladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil