Frederick Sanger
Frederick Sanger (kir. Фредерик Сэнгер; 13-avgust 1918, Rendkomb — 19-noyabr 2013, Kembrij) ingliz biokimyogari boʻlgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1954-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1939). 1951-yildan Tibbiyot tadqiqotlari kengashi aʼzosi va shu kengashning molekular biologiya laboratoriya rahbari boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari oqsillar kimyosiga oid. Insulinning tuzilishini (1945-yildan) tekshirish natijasida uning umumiy formulasi — C254H337N65O75S6, 3 ta sulfid koʻprik va 2 ta zanjirdan iboratligini: A zanjir 21 ta, B zanjir esa 30 ta aminokislota qoddigʻidan tashkil topganligini isbotlagan (1949—54). DNKning birlamchi strukturasini tahlil qilish usulini taklif etgan (1977). Ikki karra Nobel mukofoti laureati (1958; 1980, Paul Berg, Walter Gilbert bilan hamkorlikda).[1]
Frederick Sanger | |
---|---|
Tavalludi |
13-avgust 1918-yil Rendcomb, Gloucestershire, Angliya |
Vafoti |
19-noyabr 2013-yil (95 yoshda) Kembrij, Angliya |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Sohasi | Biokimyo |
Taʼlimi | Kembrij universiteti |
Akademik rahbarlari | Albert Neuberger |
Mashhur ishlari | Insulin aminokislota ketma-ketligi, DNK tartiblash metodi |
Mukofotlari |
Kimyodan Nobel mukofoti (1958; 1980) Copley medali (1977) |
Sanger 2013-yil 19-noyabrda Kembrijdagi Addenbrooke kasalxonasida vafot etdi.[2][3][4]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ http://www.theaustralian.com.au/news/health-science/double-nobel-winning-father-of-genomics-frederick-sanger-dies/story-e6frg8y6-1226764909552
- ↑ „Frederick Sanger: Nobel Prize winner dies at 95“. BBC.co.uk (20-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
- ↑ The Telegraph: Frederick Sanger, OM (accessed 20-noyabr 2013-yil)
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |