Separatizm
Separatizm (fransuzcha: séparatisme — ajratilgan) — ajralishga, alohidalikka intilish; davlatning bir semiki milliy, diniy, etnografik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga koʻra, ajratib olib yangi davlat tuzilmasi tuzish yoki mamlakatning bir qismini muxtoriyatga aylantirish harakati. Separatizmning kuchayishi yoki pasayishi tashqi va ichki omillarga bogʻliq boʻladi. Mamlakat hududida har bir millat, elat, xalqning manfaatidan kelib chiqib siyosat yuritilsa, ularning har tomonlama rivojlanishi, oʻzini shu mamlakatning teng huquqli fuqarosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, siyosiy, iqtisodiy shartsharoitlar yaratilgan boʻlsa, Separatizmga oʻrin qolmaydi va aksincha. Koʻpincha ichki sabablarni kuchaytiruvchi, gijgijlovchi, oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanuvchi kuchlar Separatizmning paydo boʻlishi va kuchayishiga olib keladi.
Tarixda Separatizm harakatlari koʻp boʻlgan, ular aksariyat hollarda mojarolarga, nizolarga olib kelgan va fuqarolar urushi orqali kechgan. Hozirgi vaqtda Rossiyaning Chechenistonidagi, Turkiyaning kurdlar, Ispaniyaning basklar yashaydigan hududlari, Kanada Kvebekidagi harakatlarni Separatizmning koʻrinishlaridan hisoblanadi. Separatizm milliy ozodlik harakatidan farqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Веселовский С., Дмитрий Ванюков, «Непризнанные государства», М., Книжный клуб «КниговеК», ISBN 978-5-4224-0322-6 2011.
- Маркелова, А. А «Феномен сепаратизма: сущность, проблемы и типология». Издание УрФУ им. первого Президента России Б. Н. Ельцина.
- Тринклейн, Майкл (на англ. яз.) (Michael J. Trinklein) «Lost States», Philadelphia, изд. Quirk Books, 2010, ISBN 978-1-59474-410-5.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |