Sepkil — teridagi uncha katta bo'lmagan sargʻish, qoʻngʻir, qoramtir, shakli har xil pigmentativ dog'lar. Ular sogʻ terida paydo boʻlib, kishini mutlaqo bezovta qilmaydi. Melanin pigmentining terida yig'ilishidan hosil bo'ladi. Koʻproq 4—6 yashar bolalarga tushib, kishi qariganda yoʻqolib ketadi yoki unchalik bilinmaydigan boʻlib qoladi. Koʻpincha oqsariq, malla rang kishilarda paydo boʻladi. S. nayeddannaslga oʻtadi. S. dogʻlari, asosan, terining ochiq, yaʼni quyosh nuri tushadigan yerlariga: yuz, boʻyin, koʻkrakning yuqori qismi va qoʻlning tashqi tomoniga tushadi. S dogʻlari baxrr va yozda koʻpayib, kuz va qishda bilinmaydigan boʻlib qoladi yoki yoʻqolib ketadi.

S. toshishiga moyil kishilar oʻzlarini mumkin qadar quyosh nuri taʼsiridan saqlashlari kerak. S.ni yoʻqotish istagi tugʻilsa, albatta, vrachga murojaat etish zurur.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil