Sepoya (fors.toj. se — uch va poya ) — toʻgʻon, damba qurishda, daryo va anhorlarning qirgʻoqlarini suv yuvib ketishidan saqlashda ishlatiladigan moslama. Uchta poya birbiriga uchburchak shaklida mustahkamlanadi. Hosil boʻlgan uchburchakning orasi harsang tosh va boshqa materiallar bilan toʻlgʻazilib, suv yoʻli toʻsiladi, qirgʻoq mustahkamlanadi. Sepoyani yasovchi ustalar sepoyachi deb atalgan. 20-asrning 40yillarigacha Oʻzbekiston irrigatsiyasida koʻp qoʻllangan. Yirik temirbeton toʻgʻonlar qurilishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil