Sepp van den Berg (2001-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpool“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sepp van den Berg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sepp van den Berg[1]
Tavallud sanasi 20-dekabr 2001-yil (2001-12-20) (22 yosh)[2]
Tavallud joyi Zwolle, Netherlands[2]
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami 72
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2012 CSV '28
2012-2018 PEC Zwolle

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (7-iyun 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

PEC Zwolle tahrir

2012-yildan beri Zwolle yoshlar safida oʻynab kelgan Van den Berg 2018-yilning 11-mart kuni oʻzining asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 45-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi[3].

Liverpool tahrir

2019-yilning 27-iyunida Van den Berg 1,3 million funt sterling evaziga „Liverpool“ga oʻtdi. Agar kelishilgan barcha shartlar amalga oshirilsa van den Berg maoshi 4,4 million funt sterlinggacha oshishi mumkin edi[4][5]. U klubdagi debyutini 2019-yil 25-sentabrda Milton Keyns Donsga qarshi EFL kubogi oʻyinida oʻtkazdi[6]. Van den Berg 30-oktyabr kuni EFL kubogi 4-bosqichida Liverpoolning „Arsenal“ ga qarshi 5:5 hisobidagi durang oʻyinida ilk bor maydonga tushdi. Ushbu oʻyinda penaltilar seriyasida „Liverpool“ 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi[7].

Preston North End (ijara) tahrir

2021-yil 1-fevralda Van den Berg 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Chempionshipning Preston North End jamoasiga ijara asosida qoʻshildi[8]. Besh kundan soʻng, u „Roterxem Yunayted“ga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib tushib, debyut oʻyinini oʻtkazdi[9].

2021-yil 21-iyun kuni Van den Berg Prestonga qoʻshimcha 12 oyga ijaraga berilib, shartnomasi uzaytirildi va 2021-22 yilgi mavsumda klubda qoladigan boʻldi[10]. U oʻzining birinchi professional golini 2021-yil avgust oyida EFL kubogida Morecambe FCga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Van den Berg Gollandiyaning yoshlar terma jamoasida oʻynaydi[12]. Gollandiya U19 terma jamoasida 10 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Van den Berg 2021-yil 12-oktabr kuni Uelsga qarshi oʻyinda (5:0) Gollandiya U21 terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Uning ukasi Rav Erediviziyada PEC Zwolle jamoasida oʻynaydi[13].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
PEC Zwolle 2017-18 Eredivisie 7 0 0 0 0 0 7 0
2018-19 15 0 1 0 0 0 16 0
Jami 22 0 1 0 0 0 0 0 0 0 23 0
Liverpool 2019-20 Premier League 0 0 1 0 3 0 4 0
2020-21 0 0 0 0 0 0 0 0
2021-22 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 1 0 3 0 0 0 0 0 4 0
Preston North End (ijara) 2020-21 Championship 16 0 0 0 16 0
2021-22 45 1 1 0 4 1 0 0 50 2
Jami 61 1 1 0 4 1 0 0 0 0 66 2
Jami 83 1 3 0 7 1 0 0 0 0 93 2

Yutuqlari tahrir

Liverpool

Manbalar tahrir

  1. „2019/20 Premier League squads confirmed“. Premier League (3-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 „Sepp van den Berg“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  3. „FC Groningen v PEC Zwolle March report“. www.no.whoscored.com (27-iyun 2019-yil). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  4. „Sepp van den Berg: Liverpool reach agreement to sign defender from PEC Zwolle“. www.bbc.co.uk (27-iyun 2019-yil).
  5. „Liverpool agree deal to sign Sepp van den Berg“. Liverpool F.C. (27-iyun 2019-yil).
  6. „MK Dons 0–2 Liverpool“. BBC Sport (25-sentabr 2019-yil).
  7. Sanders. „Liverpool 5-5 (5-4) Arsenal: Shootout decides 10-goal thriller“. BBC Sport (30-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
  8. „Liverpool Centre Half Sepp Van Den Berg Signs On Loan“. Preston North End F.C. (1-fevral 2021-yil). Qaraldi: 1-fevral 2021-yil.
  9. „Preston North End 1-2 Rotherham United: Millers battle to win over Preston“. BBC Sport (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 15-fevral 2021-yil.
  10. „Sepp van den Berg Rejoins PNE On Loan“. www.pnefc.net (21-iyun 2021-yil).
  11. Durkan. „Sepp van den Berg hopes there’s more to come after 1st professional goal“. This Is Anfield. Qaraldi: 20-oktabr 2021-yil.
  12. „OnsOranje“. www.onsoranje.nl.
  13. de Vries, Vincent. „Sepp van den Berg trots op broertje Rav (16) na PEC-debuut: ‘Leek wel alsof ik zelf moest voetballen’“ (niderlandcha). Algemeen Dagblad (3-may 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2021-yil.
  14. Poole, Harry. „Liverpool 1–0 Flamengo“. BBC Sport (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2019-yil.