Sequoia Capital
Sequoia Capital — Amerika venchur fondi boʻlib, 1972-yilda Don Valentin tomonidan asos solingan. Valentinning muvaffaqiyatli sarmoyalari orasida 1978-yilda Apple kompaniyasiga kiritilgan sarmoya ham bor. 1990-yillarning oʻrtalaridan boshlab jamgʻarmaning sheriklari Maykl Morits va Dug Leone uning boshqaruvida faol ishtirok qila boshladilar[1].
Fondni 9 nafar hamkor boshqaradi: Ular Moritz, Leone, Jim Goetz, Alfred Lin, Relof Botha, Nil Shen, Maykl Gogen, Brayan Shrayer va Kui Chjou. Ularning yillik maoshi 1 million dollarga etadi, ammo daromadning katta qismini investitsiyadan oladigan ulushi tashkil etadi. Sequoia Capital start up sifatida faoliyatini boshlab, keyinchalik koʻp milliardlik daromadga ega boʻlgan kompaniyalarga tez sarmoya kiritishi bilan mashhurlikka erishdi: Ular Cisco, Google, Yahoo, PayPal, Youtube, LinkedIn, Dropbox, Stripe, Square, Airbnb, WhatsApp, Instagram, PicsArt Photo Studiolardir. Jamgʻarma investitsiya kiritishni rad etgan startaplar orasida Twitter, Pinterest va Facebook bor edi, ular Mark Sukerberg yigʻilishga tunggi libos(pijamada) kelgani uchun jiddiy qabul qilinmadi[2].
2012-yilda hamkorlar Sequoia Capital Global Growth Fundda 700 million aqsh dollariga ega boʻlishdi. Umuman olganda Sequoia Venture XI Fund 2003-yilda 40 investordan (asosan universitetlar va jamgʻarmalardan) jami mablagʻI 387 million dollarni tashkil etdi. 2014-yilda yopilgach, Venture XI daromadi 3,6 milliard dollarni yoki yiliga komissiya xizmatini olib tashlaganda 41 foizni tashkil etdi[3][4].
2009-yilda Sequoia „skautlari“ tarmogʻini yaratdi. Ularning tarkibida bir vaqtlar sarmoya olgan endilikda oʻzlari istiqbolli kompaniyalarni qidirib investitisiya kiritish niyatidagi tadbirkorlar faoliyat olib boradi. Ushbu yondashuv istiqbolli kompaniyani izalab topish va shu bilan birga oʻz faoliyatini boshqa venchur fondlardan yashirish ehtimolini oshiradi — fond oʻz nomini reklama qilmasdan investitsiyalarni skaut orqali beradi. Odatda, skaut oʻzi yoqtirgan kompaniyaga taxminan 30 000 AQSH dollarida sarmoya kiritadi. Ular startaplarni moliyalashtirish uchun Sequoia Capitaldan yiliga 100 ming dollargacha pul olishlari mumkin[5].
2022-yil fevral oyida kompaniya kriptovalyutalarga 600 million AQSH dollarigacha boʻlgan uzoq muddatli investitsiyalar uchun maxsus fond tashkil etilishini eʼlon qildi. Jamgʻarma amaldagi investorlar tomonidan moliyalashtiriladi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Джордж Андерс, Алекс Конрад. „Внутри Sequoia Capital: как работает фабрика инноваций Кремниевой долины“. Forbes (2014-yil 10-aprel). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
- ↑ Джордж Андерс, Алекс Конрад. „Внутри Sequoia Capital: как работает фабрика инноваций Кремниевой долины“. Forbes (2014-yil 10-aprel). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
- ↑ Джордж Андерс, Алекс Конрад. „Внутри Sequoia Capital: как работает фабрика инноваций Кремниевой долины“. Forbes (2014-yil 10-aprel). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
- ↑ „Прикосновение Мидаса: в кого инвестировала Sequoia“. Forbes (2014-yil 10-aprel). 2017-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
- ↑ Дарья Хохлова. „Скауты Sequoia Capital: Как происходит отбор стартапов для одного из самых влиятельных фондов мира“. VC.ru (2015-yil 13-noyabr). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
- ↑ „«Это будущее денег»: венчурная фирма Sequoia Capital создаст криптофонд на $600 млн“ (ru). Forbes.ru. — новость. 2022-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.