Iosif Serdyukov
(Serdyukov Iosif Ilichdan yoʻnaltirildi)
Iosif Ilich Serdyukov (1906. 10.10, Belgorod viloyati Veydelvka tumani — 1973, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentdagi mevani qayta ishlash zavodida ishlagan. 1942-yildan 99-alohida sapyorlar batalonining sapyori. 1943-yil 15 oktabrda Dnepr daryosini kechib oʻtayotganda birinchi boʻlib oʻng sohilga chiqqan; 16 oktabrga oʻtar kechasi daryoni 7 marta kechib oʻtgan. 1943-yil 30 oktabrda Qahramon unvoni berilgan. 1946-yildan Toshkentda yashagan, maʼmuriyxoʻjalik lavozimlarida ishlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |