Sergey Borisovich Kuznetsov (1964-yil 6-yanvar[4], Mednogorsk, Orenburg , SSSR[5] - 2022-yil 7-noyabr[6][7], Orenburg) - sovet va rus qoʻshiq yozuvchisi, musiqachi, bastakor va shoir,bir nechta guruh asoschisi, birinchisi "Laskoviy may" (1986), shuningdek, bir qator boshqa guruhlar: "Mama" (1989) ("Mama" guruhining qoʻshiqlari "laskoviy may" ijrosi tufayli keng tanildi), "Maugli" " (1990), "Chernila dlya pyatova klassa (1992).

Sergey Kuznetsov
Tavalludi
Sergey

6-yanvar 1964-yil
Vafoti 7-noyabr 2022-yil(2022-11-07)
(58 yoshda)[2][3].
Orenburg, Rossiya.
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi kinomexanik, musiqa toʻgaragi rahbari, qoʻshiq muallifi, bastakor, konpozitor, pianinochi, musiqa oʻqituvchisi
Millati Rus

Biografiyasi Tahrirlash

1964-yil 6-yanvarda Orenburg viloyati, Mednogorsk shahrida tugʻilgan. U otasiz oʻsgan, onasi esa Valentina Alekseevna Kuznetsova (1931-yilda tugʻilgan)[8][9][10] Mednogorskdagi Orenburg dam olish uyining direktori boʻlgan, ular dam olish uyi hududidagi yotoqxonada yashashgan.

12 yoshida Space va Modern Talking guruhlariga qiziqib qoladi.

13 yoshida u dam olish paytida kinomexanik boʻlib ishlagan. Aynan kino zalida pianino bor edi va u sevimli guruhining qoʻshiqlarini chalishni oʻrgandi u shu ondan boshlab musiqani jiddiy oʻrganishni boshlaydi, soʻng oʻz kuylarini bastalay boshladi.

Armiya Tahrirlash

Saratov viloyatida kimyoviy mudofaa qoʻshinlarida xizmat qilgan, "Kontakt 730" armiya guruhini aʼzoi bo'lgan va kuylagan, "Maskarad", "Sovuq qish oqshomi", "Uchrashuvlar", "Koʻhna oʻrmon" qoʻshiqlarini ijro etilgan. Ammo qoʻshiqlarning yozuvlari saqlanmagan.[11][12][13].


2000-yillar Tahrirlash

1999-yilda u Steklovata guruhini yaratdi, uning solistlari Denis Belikin va Artur Yeremeev, guruh Internetda "Yangi yil" qoʻshigʻi uchun video bilan mashhur boʻldi[14]. 2000-yil - Chernilnoye nebo guruhini yaratdi, uning solistlari Aleksandr Gulyaev va Sergey Dyadyun edi[14].

  • 2001-yil - "ALIS" loyihasi, uning solisti Elena Drozdova.
  • 2002-yil - "Noviye formi" guruhi, uning solisti Vlad Ivolgin[15].
  • 2006-yil - "Tungi kamalak", yakkaxon ijrochi Yevgeniy Konnov edi.
  • 2009-yil - "Lyoxa", uning solisti Elena Savelyeva.

Laskoviy may filmi Tahrirlash

2009-yilda guruhning shakllanishi haqida hikoya qiluvchi "Laskoviy May" filmi suratga olindi. Filmda Andrey Razinning guruh haqidagi kitoblarida aytilgan voqealar versiyasi koʻrsatilgani, Sergey Kuznetsovning "Sen bor edi" hujjatli filmidagi voqealar versiyasi hisobga olinmagani sababli film guruhning koʻplab sobiq a'zolariga, shu jumladan Sergey Kuznetsovga yoqmagan.

Sergey Kuznetsov rolini (Kinomexanik sifatida qabul qilingan) aktyor Maksim Litovchenko ijro etgan.

 
Maksim Litovchenko

Manbalar Tahrirlash

  1. Mednogorsk, Orenburg viloyati, SSSR[4]
  2. Кузя отыграл свой последний концерт: в Оренбурге скончался автор хитов «Ласкового мая» — 2022.
  3. https://ria.ru/20221107/kuznetsov-1829719768.html
  4. http://kuziaart.ru/official/istoria.html
  5. http://kuziaart.ru/official/istoria.html
  6. https://vestirama.ru/novosti/20221107-18.13.21.html
  7. https://ria.ru/20221107/kuznetsov-1829719768.html%7C РИА Новости, 2022.
  8. https://orenday.ru/news/111122122408 Arxiv 19--noyabr 2022-yil.
  9. https://www.youtube.com/watch?v=c196PYxCaMs
  10. http://shatu.ru/info-main-code.php?fileName=KuziaTiProstoBil.htm#4
  11. rukuziaart.forum24.ru/
  12. http://shatu.ru/info-main-code.php?fileName=KuziaTiProstoBil.htm#3
  13. „arxiv nusxasi“. 2-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-aprel 2023-yil.
  14. https://web.archive.org/web/20070823060510/http://www.gosdetstvo.ru/nf/
  15. https://web.archive.org/web/20070823060510/http://www.gosdetstvo.ru/nf/