Sergey Nikolaevich Novitskiy (ruscha: Серге́й Никола́евич Нови́цкий; 1981-yil 16-mayda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Yana Xoxlova bilan birga 2010-yilning apreligacha konkida uchgan. Ular birgalikda 2008-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindorlari, 2009-yilgi Yevropa chempioni va ikki karra (2008 — 2009) Rossiyaning milliy chempioni boʻlgan.

Sergey Novitski
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya
Tavalludi 16-may 1981-yil (1981-05-16) (43 yosh)
Moskva
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Oldingi sheriklari Yana Xoxlova
Uchishni boshlagan 1986
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 203.26
Standart raqs 37.98
Original raqs 65.99
Erkin raqs 99.66

Faoliyati

tahrir

Sergey dastlab yakka holda konkida uchuvchi bo‘lgan, uch hatlab sakrash elementini bajara olmagani sabab, muz ustida raqsga o‘tgan. Faoliyatining boshida u Oksana Goncharenko bilan konkida uchgan. Keyinchalik nafaqaga chiqqunga qadar Natalya Lepetyuxa bilan juftlikda konkida uchgan[1].

Sergey 2001-yil oktyabr oyida murabbiy Larisa Filina taklifi bilan Yana Xoxlova bilan sheriklik qilgan. Uch oy oʻtgach, juftlik Rossiyaning milliy musobaqasida qatnashib, yettinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2003-yilda murabbiylar Aleksandr Svinin va Irina Jukning jamoasiga oʻtgan. Xoxlova / Novitskiy asosan Moskvaning Sokolniki muz maydonida mashgʻulot oʻtkazardi[2].

Xoxlova / Novitski juftligi 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiadada 12-oʻrindan joy olgan. 2006-yilning kuzida juftlik Gran-pri doirasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi medallarini qoʻlga kiritgan va Gran-pri finalida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Ular 2007-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi, Jahon chempionatida esa sakkizinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2008-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Jahon chempionatida ular qisqa raqs namoyishi uchun ikkinchi oʻrinni, erkin raqsda esa beshinchi oʻrinni egallab, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrindan joy olgan holda, Jahon medalini qoʻlga kiritganlar.

Dasturlari

tahrir

(Xoxlova bilan)

Mavsum Original raqs Erkin raqs Standart raqs
2009 — 2010
  • Rus xalq qoʻshigʻi Vdol po Piterskoy

  • Grasslands

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xoxlova bilan

tahrir
Xalqaro
Musobaqa 02-03 03-04 04-05 05-06 06-07 07-08 08-09 09-10
Olimpiada 12 9
Jahon chempionati 12 8 3 6 WD
Yevropa chempionati 10 4 3 1ㅤ 3
GP finali 5 5 WD
GP Bompard 6 2
Xitoy GP kubogi 3 3 2
Rossiya GP kubogi 7 1ㅤ
GP NHK Trophy 6 4 2 3
GP Skate America 4
GP Skate Canada 6
Nebelhorn Trophy 2
Universiada 1ㅤ 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 7 5 4 3 3 2 1ㅤ 1ㅤ
WD = musobaqani tark etgan
  1. Verezemskaya, Olga. „Emerging from the shadow: Old school "Sokolniki" decides to start anew“ (ru). Moskovskiy Figurist. Federation of Figure Skating in Moscow (2012-yil 6-noyabr).
  2. „Sergei Novitski: Elena Ilinykh and Nikita Katsalapov have every chance to achieve great success in Sochi-2014“ (ru). allsportinfo.ru (2010-yil 5-dekabr).