Sergey Pokatilov

oʻzbekistonlik futbolchi

Sergey Konstantinovich Pokatilov (ruscha: Покатилов, Сергей Константинович; 30-dekabr 1950-yil, Ashxobod – 11-avgust, 1979-yil, Kamianske) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, darvozabon pozitsida oʻynagan.

Sergey Pokatilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Konstantinovich Pokatilov
Tavallud sanasi 30-dekabr 1950-yil
Tavallud joyi Ashxobod Turkmaniston SSR
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(28 yoshda)
Vafot joyi Kamianske Dnepr
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1968—1973 Sovet Ittifoqi Stroiltel Aşgabat 80 (0)
1974—1979 Sovet Ittifoqi Paxtakor 72 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimayi holi tahrir

Sergey Turkmaniston SSR futboli maktabi tarbiyalnuvchisi hsioblanadi. Sergeyning birinchi murabbiylari V. Kuznetsov va S. Zolotarev undagi iqtidorni payqab Ashxobodning „Quruvchi“ jamoasiga tavsiya qilshgan[1]. Dastlabki faoliyatini 18 yoshida, 1968-yilda Ashxobodning „Stroitel“ jamoasi tarkibida boshlagan. „Stroitel“ jamoasi darvozasini 5 yil davomida himoya qilganidan soʻng[2], 1974-yilda Oʻzbekiston SSRning bayroqdor jamoasi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1975-yilgi mavsumda jiddiy jarohat oldi va uzoq vaqt davolanishiga toʻgʻri kelgan. Oʻz sport formasini tiklagan Sergey yana „Paxtakor“ klubida mashgʻulotlardagi mehnati evaziga birinchi darvozabon boʻlish huquqini qoʻlga kiritagan. 1977-yilda jamoa SSSR Oliy Ligasiga qaytganida, Sergey jamoaga katta yordam berdi, bir qancha oʻyinlarni, ayniqsa, ikkinchi davrada juda yaxshi saviyada oʻtkagan[3]. Sergey toshkentliklar klubi tarkibida 6 yil davomida oʻynagan[4].

Manbalar tahrir

  1. „Pokatilov Sergey Konstantinovich“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  2. „Ularning eng kichigi 19 yoshda edi. 44 yil ilgari halokatga uchragan “Paxtakor-79”ni xotirlab“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  3. „25 yil muqaddam Toshkentning “Paxtakor” jamoasi futbolchilari aviahalokatda vafot etgan edi.“. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  4. „Sergey Pokatilov (darvozabon)“. 2023-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.

Havolalar tahrir