Sergey Tashkulovich Tashkulov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Sergey Tashkulov
Buxoro viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1961 – 1963
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1923-yil
Samarqand
Vafoti noma'lum
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Tarjimai holi tahrir

1923-yilda Samarqandda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1948-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1948-1985-yillarda Andijon viloyat komsomol komiteti instruktori, Andijon temir yoʻl boʻlimi siyosiy boʻlimi instruktori, komsomol Andijon viloyat komiteti birinchi kotibi, Oʻzbekiston Komsomol MK kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Jalaquduq tuman qoʻmitasi birinchi kotib, Oʻzbekiston Kompartiyasi MK partiya organlari boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4, 5, 8, 9, 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

1985-yildan keyin vafot etgan.

Adabiyotlar tahrir

  • Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР: Десятый созыв. (Краткие биогафические сведения). — Т.: Узбекистон, 1981. — С. 66.
  • ГА РФ Р7523 105 152 «Указы Президиума Верховного Совета СССР, принятые с 26 по 27 августа 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 14/ с № 2075-VIII по № 2078-VIII. Том 7»

Havolalar tahrir