Sergey Tetyuxin
Sergey Yuryevich Tetyuxin (ruscha: Серге́й Юрьевич Тетюхин; 1975-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) – sobiq rossiyalik voleybolchi. Oʻzbekistonning Fargʻona shahrida tugʻilgan[1]. Boʻyi 1,97 sm, oʻyindagi vazifasi – hujumchi. Sergey Tetyuxin, Samuele Papi va Sergio Santoslar sport faoliyati davomida toʻrtta Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan erkak voleybolchilar hisoblanishadi. Biroq Tetyuxinning oʻzi toʻrtta Olimpiada medaliga ega boʻlish bilan bir qatorda oltin, kumush va bronza medallarining uchalasini ham qoʻlga kiritgan yagona voleybolchi hisoblanadi. Shu jumladan, Tetyuxin London Olimpiadasida oltin medalga ham ega boʻlgan. U 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida bayroqdor boʻlib, jami hisobda oltita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Sergey Yuryevich Tetyuxin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud sanasi |
1975-yil 25-sentyabr Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati |
Boʻyi | 1.97 sm |
Vazni | 89 kg |
Sport | |
Qaysi sport | voleybol |
Faol tomoni | tashqi hujumchi |
Biografiyasi
tahrirYoshlik yillari
tahrirSergey Tetyuxinning bolalik yillari Fargʻonada oʻtgan. Sportchining birinchi murabbiyi uning otasi Yuriy Ivanovich hisoblanadi. Tetyuxinning sport faoliyatidagi ilk jamoa Toshkentning „Sharq qanotlari“ jamoasi boʻlgan. 1992-yilda oʻzgargan ijtimoiy-siyosiy vaziyat va oʻz yurtida sport sohasida yuqori istiqbollarga erishish imkoniyatining pastligi sababli Tetyuxinlar oilasi Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilishdi va SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Yuriy Furaevning maslahati bilan Rossiyaning Belgorod shahriga kelishdi. U yerda Sergey Tetyuxin „Belogorie Belgorod“ jamoasiga qabul qilindi.
Klubdagi karyerasi
tahrir1995-yilda Tetyuxin „Lokomotiv Belgorod“ klubi bilan birinchi marotaba Rossiya kubogini qoʻlga kiritdi, 1997 va 1998-yillarda esa mamlakat chempioniga aylandi. 1999-yilga kelib, ilk marotaba chempionatning eng qimmat sportchisi sifatida tan olindi va Andrey Kuznetsov mukofotiga ega chiqdi. 1999—2000-yilgi mavsumda Tetyuxin ikki rossiyalik sportchi Ilya Saveliyev va Stanislav Dineykin bilan birgalikda Italiyaning „Parma“ klubida oʻynay boshladi. Birinchi mavsumni A1 seriyasida oʻyinlarini oʻtkazgan jamoa, asosan, rossiyalik trio tufayli, mavsumda beshinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Shaxsiy hayoti
tahrirSergey Tetyuxinning ota-onasi Yuriy Ivanovich va Lyubov Oblakimovna – Rossiyada xizmat koʻrsatgan voleybol murabbiylari hisoblanishadi. Kichik ukasi Oleg voleybol boʻyicha sport ustasi va voleybol hakami.
Sergey va uning rafiqasi Natalyaning uch oʻgʻli bor. Ular Ivan, Pavel va Aleksandr. Pavel Tetyuxin (2000-yilda tugʻilgan) 2018—2019-yilgi mavsumdan beri „Belogorie Belgorod“ning asosiy jamoasi safida autsayder sifatida oʻynab kelmoqda. 2021-yilning sentyabr oyida esa ilk marotaba Rossiya terma jamoasi safida oʻyin olib bordi.
Mukofotlari
tahrirShaxsiy
tahrir- 1999-yil Yevropa chempionati – eng yaxshi toʻp qabul qiluvchi;
- 2001-yil Doʻstlik ordeni[2];
- 2002-yil FIVB jahon chempionati – Super Seven tanlovida hujumchi;
- 2003-yil CEV Chempionlar ligasi – eng qimmat oʻyinchi;
- 2009 yil „Vatanga xizmatlari uchun“ medali[3];
- 2011-yil CEV Chempionlar ligasi – eng yaxshi server;
- 2012-yil Rossiya shon-sharaf ordeni;
- 2014 CEV Chempionlar Ligasi – eng qimmat oʻyinchi;
- 2014-yil FIVB klublar oʻrtasidagi jahon chempionati – eng yaxshi spiker;
- 2016-yilgi Olimpiyada saralashi oʻyinlari – eng qimmat oʻyinchi;
- 2016-yil Yevropa Konfederatsiyasi – yilning eng yaxshi voleybol ambassadori.
Klublar
tahrirCEV Chempionlar Ligasi
tahrir- 2002—2003 – „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2003—2004 – „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2004—2005 – „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2005—2006 – „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klub bilan;
- 2007—2008 – „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 2010—2011 – „Qozon Zenit“ klubi bilan;
- 2013—2014 – „Belogorie Belgorod“ klubi bilan.
FIVB klublar oʻrtasidagi jahon chempionati
tahrirCEV kubogi
tahrir- 1996—1997 – „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2008—2009 – „Lokomotiv-Belogoriya Belgorod“ klubi bilan;
- 2017—2018 – „Belogorie Belgorod“ klubi bilan.
CEV Chellenj kubogi
tahrirMilliy chempionatlar
tahrir- 1994—1995 Rossiya chempionati, "Lokomotiv Belgorod " klubi bilan;
- 1994—1995 Rossiya kubogi, „Lokomotiv Belgorod“ klubi bilan;
- 1995—1996 Rossiya chempionati, „Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1995—1996 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1996—1997 Rossiya chempionati, „Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1996—1997 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 1997—1998 Rossiya chempionati, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 1997—1998 Rossiya kubogi, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 1998—1999 Rossiya chempionati, „Belogorie-Dinamo Belgorod“ klubi bilan;
- 2001—2002 Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2002—2003 Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2002—2003 Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2003—2004 Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2004—2005 Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2004—2005 Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2005—2006 Rossiya chempionati, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2006—2007 Rossiya chempionati, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 20062007 Rossiya kubogi, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 2007—2008 Rossiya chempionati, „Dinamo-Tattransgaz“ klubi bilan;
- 2008—2009 Rossiya kubogi, „Lokomotiv-Belogorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2009—2010 Rossiya chempionati, „Qozon Zenit“ klubi bilan;
- 2009—2010 Rossiya kubogi „Zenit“ klubi bilan;
- 2010—2011 Rossiya Superkubogi 2010, „Qozon Zenit“ kubogi bilan;
- 2010—2011 Rossiya chempionati, „Qozon Zenit“ klubi bilan;
- 2011—2012 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2012—2013 Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2012—2013 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014 Rossiya Superkubogi 2013, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014 Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2013—2014 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015 Rossiya Superkubogi 2014, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015 Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2014—2015 Rossiya kubogi, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan;
- 2015—2016 Rossiya chempionati, „Belgorie Belgorod“ klubi bilan.
Milliy terma jamoa
tahrirKatta jamoa
tahrir- 1996 FIVB Jahon ligasi;
- 1997 FIVB Jahon ligasi;
- 1998 FIVB Jahon ligasi;
- 1999 FIVB Jahon chempionati;
- 1999 CEV Yevropa chempionati;
- 2000 Olimpiya oʻyinlari;
- 2000 FIVB Jahon ligasi;
- 2001 FIVB Jahon ligasi;
- 2001 CEV Yevropa chempionati;
- 2002 FIVB Jahon ligasi;
- 2002 FIVB jahon chempionati;
- 2003 CEV Yevropa chempionati;
- 2004 Olimpiya oʻyinlari;
- 2004 CEV Yevropa ligasi;
- 2005 CEV Yevropa chempionati;
- 2006 FIVB Jahon ligasi;
- 2007 FIVB Jahon chempionati;
- 2007 CEV Yevropa chempionati;
- 2008 Olimpiya oʻyinlari;
- 2008 FIVB Jahon ligasi;
- 2009 FIVB Jahon ligasi;
- 2011 FIVB Jahon chempionati;
- 2012 Olimpiya oʻyinlari.
Yoshlar jamoasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Великий“. «Чемпионат.com» (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 13 августа 2012 года № 1165 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“ (deadlink). Официальный интернет-портал правовой информации (2012-yil 15-avgust). 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust.
- ↑ „В России стало на 12 заслуженных мастеров спорта больше“. «Спорт-Экспресс» (1999-yil 4-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-noyabr.