Sergey Vasilevich Vonsovskiy (1910.20.8(2.9), Toshkent — 1998.11.8) — fizik olim, akad. (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni oʻrganishga, oʻtish metallari va qotishmalar uchun oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bagʻishlangan. V. ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (k,. Antiferromagnetizm).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Vonsovskiy Sergey Vasilevich" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil