Sergey Oleksandrovich Yesin (ukraincha: Сергій Олександрович Єсін ; 1975-yil 2-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq futbolchi va hozirgi murabbiy[1].

Sergey Yesin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Serhiy Oleksandrovych Yesin
Tavallud sanasi 2-aprel 1975-yil (1975-04-02) (49 yosh)
Tavallud joyi Kerch, Soviet Union (now Ukraina)
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992—2000 Tavriya Simferopol 194 (13)
2001—2002 Metalist Kharkiv 18 (1)
2002 Sevastopol 12 (0)
2003 Navbahor Namangan 12 (1)
2004—2005 Tavriya Simferopol 12 (0)
2005—2006 Helios Kharkiv 47 (1)
2006—2009 Zakarpattia Uzhhorod 82 (0)
Milliy terma jamoa
1996 Ukraina 2 (0)
Boshqargan klublari
2009—2011 Zakarpattia Uzhhorod (assistant)
2011—2012 Helios Kharkiv (assistant)
2013—2015 Helios Kharkiv
2015 Okean Kerch (assistant)
2016 Okean Kerch
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Yesin Kerch shahrida tugʻilgan va katta futbol futbolga kirib kelguncha shu shahrning bolalar sport maktabiga borgan. Oʻsmirlik chogʻida Tavariya jamoasi maktabiga qoʻshilgan. Uning debyuti 17 yoshida Tvariya jamoasi tarkibida 1992-yilgi mavsumda Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga qarshi chempionlik oʻyiniga toʻgʻri keldi. Unda „Tavariya“ klubi haqiqiy sensatsiya yaratib, Kiyev jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etishdi. Mustaqil Ukraina tarixidagi birinchi chempionga aylangan „Tavariya“ jamoasini taqdirlash vaqtida Sergey Yesinga chempionlik medallari berilmadi[2]. Sababi sifatida belgilanagn reglamentdagi uchrashuvlar va maydonda oʻtkazgan daqiqalari yetmagan deb koʻrsatildi[3]. Keyimgi mavsumda Chempionlar ligasida „Tavriya“ dastlab Irlandiya „Shelburn“ jamoasidan (Safarda 0:0, uy uchrashuvida 2:1 hisobida gʻalaba) muvaffaqiyatli oʻtgan bo‘lsa, keyingi turda Shveysariyaning „Sion“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi. (1:3, 1:4 Ikki uchrashuvda ham magʻlubiyat). Biroq Yesin bu uchrashuvlarning birortasida ham ishtirok etmadi. Tavriyaning navbatdagi muhim muvaffaqiyati 1993/94-yilgi Ukraina kubogi finalida ishtirok etish boʻldi. Unda Simferopol oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida „Chornomorets Odessa“ga yutqazdi[3].

Yesin Simferopolda oʻtkazgan oʻn yil davomida Ukraina chempionatida ikki yuzga yaqin oʻyin va kubokda oʻnga yaqin oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 1996-yilda u 1998-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichida Ukraina terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 2000/01-yilgi mavsumning birinchi yarmi tugaganidan soʻng, tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli „Tavriya“ning asosiy tarkibidagi oʻrnini yoʻqotgan Yesin Xarkovning „Metalist“ taklifini qabul qildi[4]. Varkov jamoasi tarkibida taxminan toʻqqiz oy futbol oʻynadi, shundan boʻlsada avvalgi dxarajasini tiklay olmadi. 2002/03-yilgi mavsumni yangi tashkil etilgan jamoada boshlagan"Sevastopol", keyin esa Oʻzbekiston oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan va 2004-yilda oʻzining sobiq jamoasi „Tavriya“klubiga qaytgan boʻlsa-da, avvalgidek oʻynay olmagan.

Terma jamoadagi ishtiroki tahrir

Sergey Yesinning Ukraina terma jamoasidagi oʻyinlari
Sana Stadion Oʻyin Hisob Turnir
1. 05.10.1996 "Olimpiyskiy" MSK, Kiev Ukraina  — Portugaliya 2-1 1998-yilgi jahon chempionati saralash oʻyini
2. 09.11.1996 "Estadio das Antash", Porto Portugaliya  — Ukraina 1-0 1998 yilgi jahon chempionati saralash oʻyini

Yutuqlar tahrir

Jamoa kuboklari
  • Ukraina kubogi finalchisi (1) : 1993/94
  • O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori (1) : 2003
  • Ukraina chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1) : 2008/09
  • Ukraina chempionati birinchi ligasining kumush medal sovrindori (1) : 2006/07
  • Ukraina chempionati ikkinchi ligasi „B“ guruhi gʻolibi (1) : 2004/05
Shaxsiy yutuqlar
  • Ukraina sport ustasi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir