Sergiy ota
„Sergiy ota“ qissasi Lev Nikolayevich Tolstoy tomonidan 1890—1898-yillar oraligʻida yozilgan va 1911-yilda nashr etilgan.
Sergiy ota | |
---|---|
Отец Сергий | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | qissa |
Muallif | Lev Tolstoy |
Orginal tili | ruscha |
Yozilgan sana | 1898-yil |
Sergiy ota |
Yaratilish tarixi
tahrirUshbu qissani yaratish gʻoyasi Tolstoyda 1889—1890-yillarda paydo boʻlgan. Asar Mariya Pavlovna Chexovaning shaxsiyati bilan bogʻliq boʻlib, uni buyuk rus dramaturgining singlisi quyidagicha eslaydi:
„Sergiy ota“ ni boshlashim bilanoq, butun xayolimni shu asar egallab oldi. Butun qiziqish — u o‘tadigan psixologik bosqichlar haqida edi[1].
1898-yil 12-iyun kuni Lev Nikolayevich oʻz kundaligida shunday deb yozadi:
Bugun men kutilmaganda „Sergiy ota“ni yakunlash arafasiga yetib keldim[2].
1900-yil oktyabr oyida Lev Nikolayevich Maksim Gorkiy bilan uchrashganida, unga hikoyaning mazmunini aytib bergan. Gorkiy uni shunday eslaydi:
…bayonning go‘zalligi, soddaligi va g‘oyasidan hayratda qolgan holda hikoyani tingladim[3].
Syujet tavsifi
tahrir1840-yillar. Sankt-Peterburg jamiyatida hammani hayratda qoldiradigan voqea sodir boʻladi: yosh gvardiya ofitseri, kelishgan, mavqeyi oshib borayotgan knyaz Stepan Kasatskiy grafinya Korotkova bilan nikoh toʻyi arafasida kutilmaganda nikohni toʻxtatadi, isteʼfoga chiqib oʻz mulkini singlisiga beradi va monastirga joʻnab ketadi. Ammo knyazning oʻzi va magʻrur singlisi uchun bu ajablanarli holat emas edi.
Otasining oʻlimidan soʻng, Kasatskiy oddiy askarlar korpusiga yuborilgan. Bola ajoyib qobiliyatlari, magʻrurligi va oʻzini sevishi bilan boshqalardan ajralib turardi, lekin uning jizzakiligi bir necha marotaba faoliyatini barbod boʻlish arafasigacha olib kelgan. Korpusni tugatgandan soʻng Kasatskiy gvardiyaga yuborilgan. Hurmattalabligi uni oʻz ustida qattiq ishlashga majbur qilgan. Masalan, fransuz tilidan nutqidagi nuqsonlarni payqab, tilni oʻz ona tilidek oʻzlashtirib olgan, umumiy bilimlarini oshirib, namunali ofitser, zoʻr raqqos va shaxmatchi boʻlib yetishgan. Kasatskiy hali hamon begona sifatida qabul qilinadigan yuqori jamiyatga kirish maqsadida oʻsha jamiyatdan boʻlgan grafinya Mariya Korotkovaga uylanishga qaror qiladi. Avvaliga ayol unga sovuq munosabatda boʻladi, keyinchalik esa uning gʻamxoʻrliklarini qabul qiladi. Ularning oʻrtasida sevgi joʻsh ura boshlaydi va toʻy boʻlishi kutiladi. Kasatskiy Korotkova imperatorning sevgilisi boʻlganligini bilmasdi. Ayol buni tan olgach, Kasatskiy oʻz tanlagani samoviy poklikda boʻlishi kerak deb hisoblagani uchun, bunday haqorat va ideallarning barbod boʻlishiga chiday olmaydi. Bolalikdan shakllangan xristianlik eʼtiqodi bunga yoʻl qoʻymaydi. Shu sababli monastirga ketishga qaror qiladi.
Kasatskiy monastir boshligʻiga oʻzining oqsoqoli kabi itoatkorlik bilan boʻysunadi. Uchinchi yili u Sergiy ota nomi bilan monaxlikni qabul qiladi. Uning oldida oliy diniy mansablarga yoʻl ochiladi. Sergiy poytaxt monastiriga oʻtkaziladi. Ammo u yerda ayol tashrif buyuruvchilar va amalparast monastir boshligʻi sababli ishlash ancha qiyin kechadi. Sergiy oʻz magʻrurligini jilovlashi kerak edi. Shu sababli unga yaqinda tarki dunyo qilgan Hillariyonning oʻlgan joyiga borib tarki dunyo qilishni maslahat berishadi. Sergiy mahalliy monastirga boradi va Hillariyon gʻoriga joylashadi.
Yolgʻizlikning oltinchi yilida, Maslenitsa bayramida qoʻshni shahardan kelgan bir guruh sayyohlar hujra yaqinidan oʻtadi. Ajrashgan xonimlardan biri Makovkina Sergiyni yoʻldan urishga qaror qiladi. Bu vasvasaga bazoʻr dosh bergan Sergiy bolta bilan barmogʻini kesib tashlaydi.
Namoyish etilishi
tahrir1918-yilda Yakov Protazanov qissa asosida ovozsiz badiiy film yaratadi. Sergiy otani Ivan Mozzuxin ijro etgan.
1945-yilda Sergiy ota[fr] fransuz filmi suratga olindi, rejissyor Lucien Ganier-Raymond[fr] , Sergiy ota rolini Jacques Dumesnil[fr] ijro etgan.
1978-yilda hikoya qayta suratga olindi. Rejissyor Igor Talankin, Sergiyning otasini Sergey Bondarchuk ijro etgan.
1990-yilda „Zulmatda ham yorugʻlik porlaydi“ (Italiya – Fransiya – Germaniya) nomli hikoya ekranlashtirildi. Rejissiyorlar filmni Rossiyadan Neapol qirolligiga koʻchirishgan, ammo asar syujeti saqlanib qolgan. Premyera Kann kinofestivalida tanlovdan tashqari dasturda boʻlib oʻtdi. Bastakor Nikola Piovani Italiya kinojurnalistlari sindikatining Kumush lenta mukofotini qoʻlga kiritdi.
2013-yilda hikoya asosida rossiyalik rejissyor Sharofat Arabova tomonidan " Serge " nomli qisqa metrajli film suratga olindi.
Baholash
tahrirQissa pravoslav cherkov doirasida turlicha baholangan. Sergiy otaning maʼnaviy inqirozi koʻplab oʻquvchilar uchun tushunish qiyin boʻlgan masalaga aylandi. Bunga asoslanib, bir tomon Lev Nikolaevich oqsoqollarni obroʻsizlantirish maqsadida „anti-hayot“ yaratganini daʼvo qilsa, ikkinchi taraf Tolstoyning hikoyasi Vizantiya-Rossiya hagiografik anʼanalariga mos kelishini taʼkidlayd[4][5][6] .
Ammo shuni taʼkidlash kerakki, Tolstoyning diniy qarashlaridan farqli oʻlaroq, rus pravoslav cherkovi hech qachon uning badiiy asarlariga rasmiy baho bermagan. Shu sababdan ham baʼzi pravoslav mualliflari tomonidan bildirilgan fikrlarning hech biri butun cherkovning fikrini ifoda eta olmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ Толстой Л. Н. Полное собрание сочинений: В 90 тт. — М., 1952. — Т. 51. — С. 47.
- ↑ Там же. — Т. 53. — С. 197.
- ↑ М. Горький. Собрание сочинений, М., 1954 — 137-bet.
- ↑ Багдасаров Р. В. „Мистка русского православия. «Отец Сергий» как антитрадиция.“. — М.: Вече, 2011. — ISBN 978-5-9533-5078-5. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ Водько Владислав. „Византийские корни повести Л. Н. Толстого «Отец Сергий»“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
- ↑ Водько Владислав. „Византийские корни повести Л. Н. Толстого «Отец Сергий»“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.