Sergo Zakariadze
Sergey Aleksandrovich Zakariadze [1909.18.6 (1.7), Boku 1971.13.4, Tbilisi] – gruzin aktyori. 1928—56 yillar Marjanishvili iomidagi, 1956-yildan Shota Rustaveli nomidagi gruzin teatrlarida aktyor (1969-yildan badiiy rahbar). Murakkab harakterli kishilar obrazini yuksak sanʼat bilan yaratgan. Domentiya („Uchqundan…“), Gigauri („Uning yulduzi“), Edip („Shoh Edip“) va b. teatr sahnasida oʻynagan eng yaxshi rollaridir. Kinoda esa Baratashvili („Georgiy Saakadze“), Bagration („Kutuzov“), Georgiy Maharashvili („Soldat otasi“) kabi badiiy yetuk obrazlar yaratgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |