Serik Shapkenov
Shapkenov Serik Jambil ogʻli (qozoqcha: Серік Жамбылұлы Шапкенов, 1979-yili 29-iyulda tugʻilgan) – qozoq siyosatchisi, Atirau viloyatining hokimi.
Serik Shapkenov | |
---|---|
qozoqcha: Серік Жамбылұлы Шапкенов | |
Serik Shapkenov, 2021-yil | |
Atirau viloyatining hokimi | |
Mansab davri 2022-yil 7-aprel | |
Prezident | Qasim-Jomart Toqayev |
Bosh vazir | Alixan Smaiylov |
Oʻtmishdoshi | Mahambet Dosmuhambetov |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 18-yanvar – 2022-yil 7-aprel | |
Oʻtmishdoshi | Birjan Nurimbetov |
Vorisi | Tamara Duysenova |
Atirau viloyatining hokimi | |
Mansab davri 2016-yil 14-iyul – 2018-yil 28-iyun | |
Oʻtmishdoshi | Nurlibek Ojaev |
Vorisi | Alimuhammed Qutlimurat og'li |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1979-yil 29-iyul Qorato'be, Qozog'iston SSR, Sovet Ittifoqi |
Millati | Qozoq |
Siyosiy partiyasi | Nur Otan (2005–yildan hozirgacha) |
Turmush oʻrtogʻi | Jadira Shapkenova |
Bolalari | 2 |
Alma mater | G'arbiy Qozog'iston davlat universiteti |
Biografiyasi
tahrirYoshligi
tahrirSerik Shapkenov Qoratoʻbe qishlogʻida (hozirgi Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Qoratoʻbin tumani Qoratoʻbe qishlogʻi) tavallud topgan. 2000-yili Gʻarbiy Qozogʻiston davlat universitetining iqtisodchi-matematik mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni bitiradi. Keyin 2001-yilga qadar shu yerda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Karyerasi
tahrirShapkenov 2001-yildan boshlab Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati hokimligining Atrof-muhitni muhofaza qilish jamgʻarmasi va Tabiatdan foydalanish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2002-yili Moliya boshqarmasining yetakchi va bosh mutaxassisi, 2006-yili Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshligʻi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasining direktor oʻrinbosari lavozimlariga tayinlanadi. 2007-yildan boshlab Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, 2009-yili esa yana rahbar boʻlib ishlagan[1].
U 2012-yili yanvar oyida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining hokim oʻrinbosari etib tayinlanadi. 2012-yilning 27-avgustida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib tayinlangunga qadar ushbu lavozimda ishlagan. 2015-yili yanvar oyidan boshlab 2016-yil 14-iyulgacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat nazorati va tashkiliy-hududiy ishlar boʻlimi davlat inspektori lavozimida ishlagandan soʻng, Atirau shahri hokimi etib tayinlangan[1]. Shapkenov 2018-yilning 28-iyunida Atirau viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻladi. Keyin 2020-yil 22-mayda ishdan boʻshatilib, shu yilning 4-iyunida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan[2][3][4].
2021 – 2022 – yillari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri etib tayinlanadi. 2022-yili 7-apreldan Atirau viloyati hokimi boʻladi[5][6].
Mukofatlari
tahrir- „Kurmet“ ordeni bilan mukofatlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Шапкенов Серик Жамбулович ▷ биография, фото, должность“ (ru). Kapital.kz. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ „Назначен первый заместитель акима Атырауской области“ (ru). Время (2020-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Назначен вице-министр труда и соцзащиты населения Казахстана - Аналитический интернет-журнал Vласть“ (ru). vlast.kz (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Серик Шапкенов назначен вице-министром труда и социальной защиты населения РК“. www.forbes.kz (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Serik Shapkenov appointed vice minister of labor and social protection of the population of the Republic of Kazakhstan“ (en). primeminister.kz (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
- ↑ „Серик Шапкенов назначен новым министром труда“ (ru). Tengrinews.kz (2021-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.