Tamara Duysenova
Tamara Bosimbekovna Duysenova (qozoqcha: Тамара Босымбекқызы Дүйсенова, 1965-yili 11-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatida tugʻilgan) – Qozoqston davlat arbobi. U Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari (2023-yildan), Qozogʻiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri (2013-2014, 2017-2018, 2022-yildan boshlab), Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri (2014-2017), iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.
Biografiyasi
tahrirDuysenova Tamara Bosimbekovna 1965-yili 11-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatida tavallud topgan. Otasining ismi Qosim boʻlgan, lekin rasmiy hujjatlarda Bosimbekovna deb yozilgan. Tamara tugʻilgan qishloqda otasining kelini kotib boʻlib ishlab, u oiladagi farzandlarning otasi ismini yozgan (qozoq urf-odatalariga koʻra, kelin erining akasining ismini aytib chaqirmaydi)[1].
Tamara Duysenova 1987-yili Toshkent xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2]. Mehnat faoliyatini 1988-yili kolledjni tamomlagandan soʻng, Janubiy Qozogʻiston viloyatining Sariogʻash tumanidagi oʻrta maktabning informatika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1988—1992-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi qoshidagi Iqtisodiyot va standartlar ilmiy-tadqiqot institutida iqtisodchi boʻlib ishlagan.
1992—1993-yillarda Sariogʻosh tumani hokimligida katta iqtisodchi, 1993—1994-yillarda „Perizat-xolding“da boʻlim boshligʻi, 1994—1997-yillarda Sariogʻash tumani hokimining maslahatchisi, oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari, 1997—1999-yillarda Chimkent shahari hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1999—2002-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari;
2002—2006-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari;
2006—2008-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi oʻrinbosari;
2008—2013-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mas’ul kotibi;
2013-yili fevralda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari[3];
2013-yili 10-iyunda Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi;
2013-yil 27-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri;
2014-yilning 6-avgustida Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri;
2017-yili 25-yanvardan boshlab, 2018-yilning 9-fevraligacha Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri[4] [5];
2018-yili 22-fevraldan boshlab, 2019-yilning 9-iyuliga qadar "Nur Otan" partiyasining kotibi[6] [7];
2019-yili 15-iyuldan 2020-yil 5-maygacha „Inson resurslarini rivojlantirish markazi“ AJning rahbari[8];
2020-yili 5-maydan boshlab, 2022-yilning 11-apreligacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining murojaatlarni koʻrib chiqish monitoringi boʻlimi mudiri[9];
2022-yili 11-apreldan Qozogʻiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri [10];
2023-yil 8-iyundan boshlab Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlanadi [11].
Mukofotlari
tahrir- Parasat ordeni (2016) [12]
- Kurmet ordeni (2010) [13]
Manbalar
tahrir- ↑ „Тамара Дуйсенова раскрыла тайну своего отчества“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
- ↑ „Досье: Дуйсенова Тамара Босымбековна“. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
- ↑ „Тамара Дуйсенова назначена вице-министром труда и социальной защиты населения РК“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-dekabr.
- ↑ „Назначение Дуйсеновой Т. Б. Министром труда и социальной защиты населения Республики Казахстан“. 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
- ↑ „Назарбаев освободил министра Дуйсенову от должности“. Tengri News (2018-yil 9-fevral). 2018-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.
- ↑ „Тамара Дуйсенова назначена секретарем партии «Нұр Отан»“. 2018-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-fevral.
- ↑ „Тамара Дуйсенова покинула пост секретаря партии Nur Otan“. 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-iyul.
- ↑ „Тамара Дуйсенова возглавила Центр развития трудовых ресурсов“. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
- ↑ „Тамара Дуйсенова стала помощником Президента — заведующей отделом АП“. Tengri News (2020-yil 5-may). 2020-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ „Тамара Дуйсенова вернулась на пост министра труда и соцзащиты“. tengrinews.kz (2022-yil 11-aprel). 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
- ↑ „Тамара Дуйсенова назначена заместителем премьер-министра“. nur.kz (2023-yil 8-iyun). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Нурсултан Назарбаев вручил казахстанцам государственные награды“. 2016-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
- ↑ „Награды ко дню независимости | Nomad | 16.12.2010“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-aprel.
Havolalar
tahrir- „Назарбаев министру труда: Тамара, ты устала на этой работе?“. Tengrinews (2018-yil 9-fevral). 2018-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-fevral.