Sariagʻach tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining eng yirik tumanlaridan biri. Hozirgi vaqtda maydoni 7613 km². Tumanda 40 dan ortiq millat va elatlar yashashadi. Aholisi 306,494 (2013). Sariagʻach tumani — viloyatning janubida joylashgan. 1928-yillarda Keles tumani nomi bilan tashkil topgan. 1939-yilda Sariagʻash nomi berildi. Maydoni 7613 km². Tuman markazi — Sariagʻash shahri. Tuman hududi orqali Chimkent — Termiz Xalqaro avtomobil magistrali, Orenburg — Toshkent temir yoʻli oʻtadi.

Sariagʻash tumani
qozoqcha: Сарыағаш ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Sariagʻash
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Mirzabayev Maqsat Saylaubayevich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 306,494[1]
Zichligi 40,2 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 7,613 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72537[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Sariagʻash tumani xaritada
Koordinatalari: 41°37′12″N 68°43′12″E / 41.62000°N 68.72000°E / 41.62000; 68.72000 G O

Aholisi tahrir

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 306,494 kishi, aholining oʻrtacha zichligi1 km 2 40,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining asosiy qishmini qozoqlar (86,9 %), undan boshqa oʻzbeklar (4,1 %), tojiklar (2,7 %), ozarbayjonlar (1,2 %), ruslar (1,1 %), tatarlar (0,9 %) va boshqalari istiqomat qilishadi.

Iqlimi tahrir

Iqlimi kontinental, qishi iliq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −2 — 3 °C, iyulniki 24 — 28 °C. JYogʻingarchilikning yillik miqdori 200 – 300 mm.

Katta qishloqlari tahrir

Sariagʻash shahri

  • Abay qishlogʻi
  • Derbisek qishlogʻi
  • Jibek joʻli qishlogʻi
  • Intimaq qishlogʻi
  • Qabilanbek qishlogʻi
  • Aqjar qishlogʻi
  • Qiziljar qishlogʻi
  • Jilgʻa qishlogʻi
  • Darbaza qishlogʻi
  • Aqniet qishlogʻi
  • Qurkeles qishlogʻi
  • Qoshqarata qishlogʻi
  • K.Marks qishlogʻi
  • Aqjoʻl qishlogʻi
  • Koʻkterek qishlogʻi

Ijtimiy soha tahrir

Tumanda umumiy bilim beruvchi 137 ta maktab bor, uning 94 tasi oʻrta, 15 tasi asosiy, 28 tasi boshlangʻich va 2 sport, musiqa maktablari. Madaniy mahkamlaridan 290 ta madaniyat markazlari va 36 ta kutubxona bor. Tibbiyot sohasida 2 shifoxona, 4 kasalxona, 24 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 104 feldsher-akusherlik punkt, silga qarshi dispanser faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston bilan chegaradosh Jibek joʻli qishlogʻida bojxona joylashgan.

Manbalar tahrir