Sariagʻash — (qoz. Сарыағаш) Janubiy Qozog'iston viloyati hududida joylashgan shahar, Sariagʻash tumanining markazi. Viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan janubga tomon 110 km uzoqlikda joylashgan. Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda. Aholisi 40,599 kishi (2012).

Sariag'ash

qoz. Сарыағаш
shahar
41°28′0″N 69°10′0″E / 41.46667°N 69.16667°E / 41.46667; 69.16667 G OKoordinatalari: 41°28′0″N 69°10′0″E / 41.46667°N 69.16667°E / 41.46667; 69.16667 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozog'iston viloyati
Tuman Sariag'ash tumani
Qachondan beri shahar 1945
Aholisi
 (2012)
40 599
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72537[1]
Pochta indeks(lar)i 160900[2]
Avtomobil kodi X, 13
Sariag'ash xaritada
Sariag'ash
Sariag'ash

Tarixi tahrir

Poydevori 1870-yillari qurilgan. 1904 — 1905-yillarda Sariagʻash deb nomlandi. 1926-yildan Sirdaryo guberniyasining, Tashqozoq uezining, 1928—1939-yillari Keles tumanining, 1939-yildan buyon Sariagʻash tumanining markazi, 1968-yilda shahar mavqeini oldi.

Sanoati tahrir

Sariagʻashda shifobaxsh mineral suv chiqaruvchi „Aleks“ MChB, „Asem-ay“ MChB, „Kurort — Bars −2030“ MChB faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy soha tahrir

Shaharda umumiy bilim beruvchi, musiqa, sport, kasbiy-texnik maktablari, Qabilanbek veterinariya kolledji, kutubxonalar, madaniyat uyi, klub, kinoteatr, tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, shifoxona, dispanserlar, feldsher-akusherlik punkt bor. Shahar orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻllari, Chimkent — Shardara avtomobil yoʻllari oʻtadi[3].

Manbalar tahrir

  1. Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
  2. Почтовые индексы Казахстана
  3. Указ Президента Республики Казахстан от 24 апреля 1997 года № 3474 «О некоторых вопросах административно-территориального устройства Южно-Казахстанской области».