Seritsitlanish
Seritsitlanish - seritsitning past trali gidrotermal eritmalar taʼsirida plagioklaz va boshqa minerallar oʻrnini egallash jarayoni. Bunda seritsit koʻpincha yupqa disperslangan kaliyli gidroslyudalar va illitlar koʻrinishida hosil boʻladi. Bu oʻzgarishlar birlamchi (ayniqsa, dala shpagi) va ikkilamchi (andaluzit, xlorit va boshqalar) alyumosilikatli minerallarda koʻproq rivojlanadi. Gidrotermal S. kvarslanish va piritlanish bilan birga namoyon boʻlib, mis, rux, qoʻrgʻoshin, kumush, simob kabi sulfidli, baʼzan noruda foydali qazilmalar bilan chambarchas bogʻliq. Berezit, listvenit, propilit, kvarsit, greyzen kabi nordon va oʻrta jinslarda oʻzgarishlar uchun xos.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |