Serjun echki zoti
Serjun echki zoti – bir xil tolalardan iborat yarim mayin jun beradigan echki zoti. 1937—62 yillarda Oʻrta Osiyoda mahalliy dagʻal junli echkilarni angor zoti takalari bilan takroriy chatishtirish usuli orqali chiqarilgan. Tana tuzilishi chogʻroq. Takalari oʻrtacha 55–56 kg, echkilari 38– 40 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi takalaridan 3–4 kg, echkilaridan 1,2–2 kg. 4—5 oy emizish davrida echkilari 120 kg gacha sut beradi.
Juni angor tipida, yarim mayin, oq, tovlanuvchan, uz. 18—22 sm. Toza jun chiqimi 75—80%. Serjun echki zotiz. baland togʻ va dasht yaylovlarida yil davomida boqishga moslashgan. Uni takomillashtirish boʻyicha naslchilik ishlari davom etmoqda (2004). Bu echki zotidan mahalliy dagʻal junli echkilarning jun sifatini yaxshilashda foydalaniladi. Oʻzbekiston (Namangan. Samarqand, Surxondaryo viloyatlari), Tojikiston (Sugʻd viloyati), Qirgʻiziston (Oʻsh, Jalolobod viloyatlari), Qozogʻiston (Semipalatinsk viloyati), Shimoliy Kavkaz va boshqa joylarda boqiladi.
Adabiyot
tahrir- Vorobyev P. A. i dr., Ovsevodstvo, kozovodstvo i texnologiya proizvodstva shersti i myasa, M., 1988[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |