Serologiya (lot. serum — zardob va ...logiya) — immunologiya fanining bir boʻlimi; qon zardobining immun xossalarini oʻrganadi. Serologik reaksiyalar agglyutinatsiya, passiv gemagglyutinatsiya, pretsipitatsiyaga va neytrallash reaksiyasi (mas, mikrobni), gemagglyutinatsiyani tormozlash reaksiyasiga boʻlinadi. Bir qancha "oddiy" reaksiyalardan murakkab serologik reaksiyalar: bakterioliz, komplement bogʻlash reaksiyasi vujudga keladi. Mikroorganizmlarning harakatchan turlarini aniklash (mas, zaxmda rangeiz treponemalarni immobilizatsiya qilish reaksiyasi), serologik reaksiyalarning alohida turidir. Serologik reaksiyalar infeksion va noinfeksion immunologiyada ilmiy va diagnostika (qarang Serodiagnostika) maqsadida qoʻllanadi. Ulardan qon quyishda, qon gruppasini, oqsillarning individual va oʻziga xos xususiyatlarini aniklashda foydalaniladi. Immun va diagnostik zardoblarni olish, ularning faolligini aniqlash hamda taʼsir etish mexanizmini oʻrganish usullarini ishlab chiqish S.ning asosiy vazifasidir.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil