Seroz parda
Seroz parda — odam va hayvon tanasi boʻshligʻi va ichki aʼzolarini oʻrab turadigan parda. Oʻrniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. Seroz parda ichki aʼzolar harakatini osonlashtiradigan, himoya funksiyasini bajaradigan seroz suyuklik ishlab chiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik S.gg. yalligʻlanganda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlashadi, xira, gʻadirbudur boʻlib, funksiyasi buziladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |