Serpushtlik
Serpushtlik — hayvonlarda har bir tur uchun xos boʻlgan, tabiiy oʻlim oʻrnini qoplash uchun zarur boʻlgan pusht qoldirish xususiyati. Serpushtlik hayvonlarning turli guruhida har xil. Uzoq yashaydigan va nayeli haqida koʻp gʻamxoʻrlik qiladigan hayvonlar bir yilda, koʻpincha bir necha yilda 1 marta 1—2 tadan bolalaydi. Qisqa umr koʻradigan hayvonlar (mas, kemiruvchilar) 1 yilda bir necha marta 10—15 tadan bolalaydi. Tuxum qoʻyib koʻpayadigan hayvonlar serpushtligi yuqori boʻladi. Ayrim hasharotlar bir necha yuz minglab, hatto milliontalb bolalaydi, oybaliq birdaniga 300 mln gacha tuxum qoʻyadi. Serpushtlik hayvonning yoshi, yil mavsumi, oziq xili, miqdori, iqlim sharoiti, populyasiya zichligi va boshqa omillar taʼsirida oʻzgarib turadi. Serpushtlikni oshirish chorvachilikda katta ahamiyatga ega. Yaqin qarindoshlar oʻrtasida uzoq vaqt davomida oʻtkaziladigan duragaylash serpushtlikni kamaytiradi, hatto pushtsizlikka olib kelishi mumkin. Koʻpincha uzoq formalarni chatishtirish ham qisman yoki butunlay pushtsizlikka olib keladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |