Serviçen Efendi (yoki Serovpe Vichenyan arman tilida: Սերովբե Վիչենյան) kelib chiqishi arman boʻlgan Usmonli tabibidir.

Serviçen Efendi
Meclis-i Âyan a'zosi
Mansab davri
1877-17-mart – 1897-yil 2-noyabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1815-yil 15-noyabr
Istanbul
Vafoti 1897-yil 2-noyabr
Istanbul
Millati Arman

Serçiven 1839-yilda Parij universitetining tibbiyot fakultetini tamomlaydi. Keyin Italiyaga borib, 1840 yilda Piza universitetida doktorlik dissertatsiyasini tamomlaydi; U Parijga borib, siydik yoʻllari orqali yuqadigan kasalliklar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. 1842 yilda Istanbulga qaytib keladi. 1848-yilda „Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane“da dastlabki tibbiy yuridik (sud tibbiyoti) sohadagi darslarini berishni boshlaydi. Xuddi shu yili „Bab-i Seraskeri“ga bosh shifokor etib tayinlandi. Shuningdek, „Mekteb-i Tıbbiye-i Shahane“da fizikadan dars bergan va ichki kasalliklar boʻyicha maxsus kurslar tashkil qilgan edi. U fransuz tibbiyot gazetasi „Gazette Médicale de Constantinople“ning bosh muharriri (1849-1852) sifatida faoliyat olib boradi. 1853-1856 yillardagi Qrim urushida ham qatnashadi.

U 1856-yilda „Cemiyet-i Tıbbiye-i Shahane“ nomi tibbiy tashkilotning asoschilaridan biri boʻlgan va 1858-1859 va 1865-1866 yillarda unga rahbarlik qilgan edi. U uzoq vaqt Harbiy tibbiyot bilim yurtining bosh vrachi bo‘lib xizmat qiladi. Fuqaro farmatsevtlari uchun shahar farmatsevtika reglamentini tayyorlab chiqadi; U ayni paytda „Hilol-i Ahmer“ (Qiziloy jamiyati)ning asoschilaridan biri edi. 1887 yil boshida u „Sitsil-i Ahval“ va „Intihob-i Memurin“ning komissiya aʼzosi sifatida faoliyat olib boradi. U 1878 yilda tibbiyot fakultetidagi ishidan nafaqaga chiqadi va 1891 yilda II. Birinchi darajali „Nishan-i Ali-yi Usmoniy“ ordeni bilan taqdirlanadi.

Birinchi konstitutsiyaviy davrda (I. Meşrutiyet) Abdulhamid II tomonidan Majlisga aʼzo etib tayinlanadi.[1] Shu bilan birga, 1863 yilgi „Nizamnoma-i Millet-i Armanyan“ning eʼlon qilinishidagi muhim shaxslardan biri boʻlgan edi.[2][3]

  1. Türkiye Büyük Millet Meclîsi Vakfı Yayınları No : 15 Türk Parlamento Tarihi Meşrutiyete Geçiş Süreci I. ve II. Meşrutiyet II. Cilt Ayan Ve Mebûsân Meclisleri Üyelerinin Özgeçmişleri Prof. Dr. İhsan Güneş Türk Parlamento Tarihi Araştırma Grubu sayfa 95
  2. The Armenians : from kings and priests to merchants and commissars (İngilizce). New York: Columbia Univ. Press, 2006. ISBN 9780231139267. 
  3. The Armenian revolutionary movement; the development of Armenian political parties through the nineteenth century. (İngilizce). Berkeley: University of California Press, 1963. ISBN 9780520009141.