Sessiya (lotincha: sessio – yigʻilish) – 1) vakolatli organlar (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat kengashi), sud, ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlarining yigʻilish oʻtkazayotgan davri. Vakolatli organlarning sessiyalari bir yilda necha marta chaqirilishi qonun bilan belgilanadi. Bundan tashkari navbatdan tashqari, favqulodda sessiyalar ham chaqirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonunning 10-moddasiga koʻra, Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari, kritsa tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi; 2) birjalar faoliyatining tashkiliy shakli. Kun davomida savdo qilish uchun belgilangan qatʼiy vaqt birja sessiyalari deyiladi. Sessiyalardan oldin yoki keyin tuzilgan savdo bitimlari haqiqiy hisoblanmaydi va roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Ushbu qoidani buzgan savdo qatnashchilariga jarima solinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil