Sevara Ubaydullayeva
Sevara Ubaydullayeva (1975-yil 15-iyul, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik shifokor va davlat arbobi. Tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 2024–yildan 5–chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1][2].
Sevara Ubaydullayeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Sevara Abdullayevna Ubaydullayeva 15-iyul 1975-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Biografiyasi
tahrirUbaydullaeva Sevara Abdullaevna 1975–yil 15–iyulda Toshkentda tugʻilgan. Millati tojik. „Adolat“ demokratik partiyasi aʼzosi. Tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
1998–1999-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ordinatura.
1999–2001-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida klinik ordinatura.
2001–2004-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani 36–oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori.
2004–2008-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti assistenti.
2008–2012-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti poliklinika tibbiyoti, radiatsiya diagnostikasi va terapiyasi kafedrasi assistenti.
2012–2013-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti poliklinikalar tibbiyoti, radiatsiya diagnostikasi va terapiyasi kafedrasi dotsenti.
2013–2017-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti radiatsiya diagnostikasi va terapiya kafedrasi katta ilmiy xodimi.
2017–2022-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ambulator pediatriya, jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlik kafedrasi Taʼlim sifatini nazorat qilish kafedrasi mudiri, dotsenti.
2022–yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi.