OCHOA (Ochoa) Severo (24-sentyabr 1905-yil, Luarka, Ispaniya — 11-yanvar 1993-yil, Madras) — amerikalik biokimyogar, AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1957), tibbiyot doktori. Madrid universitetini tugatgan (1929). 1940-yildan AQShda. Ilmiy faoliyati nuklein kislotalar (NK) biokimyosi, fotosintez mexanizmiga oid. Severo Ochoa genetik kodning maʼnosini ochib berib, NK bio-sintezi mexanizmini oʻrgangan. Polinukleotidfosforilaza fermentini ajratib olib tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1959, Kornberg bilan birga).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil