Sevgi qulfi
Sevgi qulfi — zabor, darvoza yoki boshqa shunga oʻxshash jamoat obyektiga abadiy sevgi timsoli sifatida juftliklar iladigan qulf.[1] Mangu sevgi ramzi sifatida qulf ilish dunyoning koʻp shaharlarida udumga aylangan.[1]
Tarixi
tahrirSevgi qulflarining kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar mavjud. Yevropada sevgi qulflari 2000-yillarda paydo boʻla boshladi.[2] Har bir joyda sevgi qulflari ilish udumi paydo boʻlishiga turli xil sabab bor va koʻp joylarda bu udumning paydo boʻlish sababi yoritilmagan. Shunday boʻlsa ham, Rimda joylashgan Ponte Milvio koʻprigiga sevgi qulflari ilish udumi paydo boʻlishiga italyan yozuvchisi Federico Moccianing „I Want You“ („Seni istayman“) kitobi sabab boʻlgan. Avtor bu kitobni keyinchalik „Ho voglia di te“ nomi bilan ekranlashtirgan.[3][4] Vengriya poytaxti Budapeshtda joylashgan Erzsébet maydonida ham sevgi qulflari ilish uchun maxsus moslama oʻrnatilgan.[5] Budapeshtda qulfni ilgan juftlarning aksari kalitni Dunay daryosiga irgʻitishadi.
Serbiyada joylashgan Most Ljubavi koʻprigiga (aynan „Sevgi koʻprigi“ — sevgi qulflari sabab shunday nomlanadi) sevgi qulflari ilish udumi Ikkinchi jahon urushidan avval paydo boʻlgan. Vrnjačka Banjalik mahalliy oʻqituvchi Nada Relja ismli ofitserni sevib qoladi. Ikkalasi birga boʻlishga qaror qilishganidan keyin Relja Gretsiyaga urushga ketadi va oʻsha yerda boshqa ayolni sevib qoladi. Shu sabab Relja va Nadaning fotihasi bekor qilinadi. Nada bu zarbadan oʻziga kelmaydi va biroz vaqtdan keyin baxtsizligi sabab hayotdan koʻz yumadi. Vrnjačka Banjalik qizlar sevgililarini himoya qilish uchun oʻz ismlari bilan sevganlarining ismlarini qulflarga yozib Nada va Relja uchrashib yurgan koʻprikka ila boshlashadi.[6][7]
Sevgi qulflari bilan bogʻliq afsonalar va ishonishlar
tahrirBaʼzi joylarda sevgi qulflari haqida afsonalar va turli ishonishlar mavjudga kelgan.
- Tayvanning Fengyuan viloyatiida shaharning poyezd stansiyasi yaqinidagi oʻtish yoʻliga ilinadigan qulflarni odatda juft qilib ilishadi. Bu qulflarni „tilak qulflari“ deb nomlashadi. Mahalliy afsonaga koʻra, pastdan oʻtgan poyezdlardan chiqqan magnit maydoni qulflarda quvvat paydo boʻlishiga va orzularning amalga oshishiga olib keladi.[8]
- Urugvay poytaxti Montevideoda joylashgan fantan oldiga inglizcha va ispancha „Bu yosh fantan afsonasiga koʻra ikki sevishganning ismlari yozilgan qulf ilinsa ular birga shu fantanga qaytishadi va ularning sevgisi abadiy qulflanadi.“ (inglizcha: „The legend of this young fountain tells us that if a lock with the initials of two people in love is placed in it, they will return together to the fountain and their love will be forever locked.“) deb yozilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Enulescu, Dana. „Rome mayor in 'love padlock' row“. BBC (2007-yil 1-mart). Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ Long, Louisa. „Love-locks return to the bridges of Paris“. The Independent (2011-yil 6-iyun). 2011-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ Ian Fischer (2007-08-06), „In Rome, a New Ritual on an Old Bridge“, New York Times, qaraldi: 2010-08-09
- ↑ Demetri, Justin. „The Bridge of Love in Rome“. Life in Italy .com. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ Howard, Cheryl „Lock In Your Love in … Budapest“. 2013-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2013-01-26 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Most ljubavi“ (Serbian). Vrnjacka Banja. www.vrnjackabanja.biz. Qaraldi: 6-oktabr 2010-yil.
- ↑ Ogrizović, Slobodan. „Vrnjačka banja, najveće lečilište u Srbiji“ (Serbian) (2009-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
- ↑ Chang Jui-chen. „ʻWish lock’ phenomenon attracts youth to Fengyuan“. Taipei Times (2009). Qaraldi: 2009-yil 6-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Sevi qulfi haqida turkum mavjud |