Sevinch Moʻminova
Sevinch Moʻminova Tolibovna (30-iyun, 1982-yilda tugʻilgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. Sevinch oʻzbek va ozarbayjon tillarida qoʻshiq kuylaydi. Sevinch Moʻminova bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.
Sevinch Moʻminova | |
---|---|
Sevinch Moʻminova | |
Tavalludi |
30-iyun 1982-yil |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa, rejissor |
Janr | Pop |
Faoliyat yillari | 1998 — bugun |
Hayoti Tahrirlash
Sevinch Moʻminova 1982-yil 30-iyunda Fargʻonada Sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoʻshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan soʻng xonanda poytaxtimizdagi Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. Onasi Ozarbayjonlik.
Shaxsiy hayoti Tahrirlash
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2020 yilda Husayn ismli iroqlik yigitga turmushga chiqdi.
Ijodi Tahrirlash
Musiqasi Tahrirlash
Sevinch Muqimova "Toʻlin oy" deb nomlangan ilk qoʻshigʻini "Navroʻz" bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6 ta albom yaratdi. Bular: "Toʻlin oy", "Sogʻindim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat Oʻzbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston davlatlarida ham mashhurlikni qoʻlga kiritdi.
Diskografiyasi Tahrirlash
Kliplari Tahrirlash
Yil | Qoʻshiq | Rejissor |
---|---|---|
„Yolgʻonchi yor“ | ||
„Toʻlin oy“ | ||
„Sogʻindim“ | ||
„Sevasan meni“ | ||
„Yuragim nolasi“ | ||
2005 | „Tango“ | |
2005 | „Hayot“ | |
2006 | „Olib ket“ | |
2006 | „Yagonam“ | |
2006 | „Sevib yashayman“ | |
2010 | „Bu hayot“ (Sharof Muqimov bilan) | After-Media |
2015 | „Koʻylagim“ | |
2015 | „Taqdir“ | |
2015 | „Ishongin“ (Sharof Muqimov bilan) | |
2016 | „Doʻqi-doʻqi“ | |
2016 | „Kölgəm qədər“ | |
2017 | „Dil gavhari“ | Ikrom Ali |
„Sensiz“ (Vohid Isohov bilan) | ||
2020 | „Ne boʻldi“ |
Filmografiyasi Tahrirlash
Aktrisa Tahrirlash
Yil | Film | Rol | Izoh | Rejissor |
---|---|---|---|---|
2002 | Dilxiroj | Sanam | ||
2005 | Baxt uchun million! (Sarvinoz 2) | Sarvinoz | Bahrom Yoqubov | |
2006 | Sunami | Sevinch | ||
2015 | Baxt ortidagi dard | Shuhrat Mavlonov |
Yil | Serial nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2009 | Qish ertagi | Muqaddas |
Yil | Qoʻshiq nomi | Artist |
---|---|---|
? | „Seni bugun koʻrmasam boʻlmas“ | Oxunjon Madaliyev |
2011 | „O Layli“ | Sharof Muqimov |
Manbalar Tahrirlash
Havolalar Tahrirlash
- Fan page of Sevinch Muminova in Facebook
- Sevinc Muminova IMDb.com da