Sevr sulh shartnomasi

Sevr sulh shartnomasi (1920) — Versal—Vashington tizimi shartnomalaridan biri, Birinchi jahon urushini yakunlagan. 1920 y. 10 avg .da Sevr shahrida (Fransiya) Antanta mamlakatlari va unga qoʻshilgan davlatlar bilan Turkiya oʻrtasida imzolangan. Usmonli turk imperiyasining , shu jumladan, Turkiya hududining boʻlib olinishini rasmiylashtirgan. Lozanna konferensiyasi (1923)da bekor qilingan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil