Seyfert galaktikalari - oʻzagi koʻpincha yulduzsimon boʻlib, uning nurlanish spektri kuchli keng chiziqlardan iborat boʻlgan galaktikalar; amerikalik olim Seyfert kashf qilgan. S.g. markaziy qismidagi keng chiziqlarning tezligi, bir necha ming km/s bilan harakatlanuvchi gaz bulutlari bilan bogʻliq. S.g., asosan, spiralsimon tuzilishga va ultrabinafsha toʻlqin uzunliklarida orttirma nurlanishga ega. Spiral galaktikalarda 1% S.g. boʻlib, ularda yorqinlik markaz tomon keskin ortib boradi. Odatda, ular galaktikalar guruhlari va qoʻshaloq galaktikalarda uchrab, galaktikalar toʻdalarida esa deyarli kuzatilmaydi.

S.g. oʻzagining oʻlchamlari, asosan, 0,1 parsek atrofida, nurlanishlari vaqt davomida oʻzgarib turadi. Bu oʻzgaruvchanlik davri nurlanishning toʻlqin uzunligi qiymatiga bogʻliq. Oʻzak nurlanishi optik, radio, rentgen va gamma toʻlqinlarida juda kuchli. Nisbatan olinganida esa, xususan, optik uzunlikdagi ushboʻ davr radionurlar oʻzgarish davridan ancha kichik. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil