Sferolitlar kristallar qotishmasi
SFEROLITLAR (sfero... va yun. lithos — tosh) kristallar qotishmasi — juda ingichka ignasimon kristallar agregatlaridan tuzilgan radial nursimon sharchalar. Magmatik va choʻkindi togʻ jinslarida uchraydi. S.ning mineral tarkibi va oʻlchami turlicha. Magmatik jinslardagi S. koʻpincha diabazlarning chekka qismlaridagi endogen kontakt hosilalar hisoblanadi. Nordon lavalarda asosiy shishasimon massalar qotayotganda yaxlitlanish yoʻli bilan paydo boʻlishi mumkin. Asosiy lavalar (variolitlar)da bunday hosilalar variollar deb ataladi. Dala shpati va kvarsdan hosil boʻladigan sferolitsimon hosilalar psevdosferolitlar deb ataladi. Choʻkindi jinslarda karbonatli, marganetstemirli, fosfatli, xalsedonli va boshqa S. uchraydi. Bunday S. odatda, moddalar kristall strukturasini yoʻqotayotganda hosil boʻladi; ularning kupi paydo boʻlishiga koʻra konkretsion hosilalarga yaqin (qarang Konkretsiyalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |